Maluns — bu shveytsar kantoni Graubyundenning anʼanaviy taomlaridan biridirShveysariya à la carte. Traditsii Graubyundena. U avvaliga qaynatilgan va keyin qirgʻichdan oʻtkazilgan kartoshkadan tayyorlanadi. Shundan soʻng, mazkur aralashma kichik toʻp yoki mayda boʻlaklarga aylangunga qadar sariyogʻda qovurib olinadi. Taom odatda mavsumga qarab olma yoki boshqa mevalardan tayyorlangan sharbat, shuningdek, salsiz (Salsiz) yoki grizon vetchinasi (Bündnerfleisch) kabi turli xil mahalliy pishloqlar va shoʻrva goʻshtlar bilan tortiladi. Ushbu taomni shuningdek, anʼanaviy tarzda sutli qahva bilan birga qabul qilishadi.

Shveysariyalik zodagon Iogann Gubert Rudolf fon Salis tomonidan ilk bora XVIII asrda Graubyundendagi Marshlins qal’asidaMaluns, helvetickitschen.ch. Retrieved 14-03-2021. („It was at Marschlins that Johann Gubert Rudolf von Salis planted the first corn and potatoes in the canton.“) makkajoʻxori va kartoshka ekilgan edi. Aftidan, kartoshka bu yerda birinchi marta, 1758-yilda qal’adagi kechki ovqat paytida taqdim etilganRecipe: Maluns , graubunden.ch. Retrieved 14-03-2021..

Roman tilidagi „maluns“ soʻzi lotincha micula/miculones soʻzidan kelib chiqib: „kichik uvoqlar“ degan maʼnoni anglatadi. Malunslar nemis tilida Bündner Kartoffelribel nomi bilan ham mashhurMaluns / Slow-Fried or Scrambled Potatoes, europeancuisine.com. Retrieved 14-03-2021.

Shuningdek

Kapuns — Graubyundenning yana bir anʼanaviy taomi. Ryoshti — shveytsarcha anʼanaviy kartoshkali taom.

Eslatmalar

Turkum:Kartoshkali taomlar