thumb|Dendrogramma tasviriga misol Dendrogramma — bu klasterni ketma-ket kengaytirish jarayonining har bir bosqichini ifodalovchi n ta darajani oʻz ichiga olgan daraxt diagrammasi.
Dendrogramma nomi qadimgi yunoncha ikkita soʻzdan kelib chiqqan bo’lib, díndrón (dendron) — „daraxt“ va gamma (grámma) — gramm, „chizilgan”, “matematik figura“ degan ma’nolarni bildiradi.Bayi, Anatol (1981-01-01). Abrégé du dictionnaire grec français. Paris: Hachette. ISBN 2010035283. OCLC 461974285.
Dendrogrammaning boshqa nomlari ham bor: daraxt diagrammasi, klaster birlashma daraxti, ierarxik tuzilishidagi daraxti.
Dendrogramma — bu ierarxiyaning turli darajalarida oʻzgarib turadigan obyektlarning ichki guruhlari.
Dendrogrammalarni qoʻllash
Ierarxik klasterlashda u tadqiqot natijasida olingan klasterlarning joylashishini tasvirlash uchun ishlatiladi. Hisoblash biologiyasida va genlar yoki naqshlarning klasterlanishini, baʼzida issiqlik xaritalari chegaralarida koʻrsatadi. Filogenetikda turli xil biologik taksonlar oʻrtasidagi evolyutsion munosabatlarni koʻrsatadi. Bunda dendrogramma filogenetik daraxt deb ham ataladi.
Qurilish usullari Dendrogrammalarni yaratishning turli usullari mavjud. Joylashuviga koʻra, ular vertikal va gorizontal ravishda boʻlinadi.
Eslatmalar