Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov (1975-yil 12-may, Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) – davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati general-mayori, huquqshunos va iqtisodchi. 2021-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Tarjimai holi Akmalxoʻja Mavlonov 1975-yil 12-may kuni Fargʻona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. 1997-yilda Fargʻona davlat universitetining iqtisodiyot yoʻnalishini, 2022-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati Akmalxoʻja Mavlonov mehnat faoliyatini 1997-yilda Fargʻona shahridagi „Movus“ mebel korxonasida yurist sifatida boshlagan. 2002-yildan boshlab prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. Dastlab tergovchi, soʻngra katta tergovchi lavozimlarida ishlagan. 2006–2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tergov ustidan nazorat boʻlimida xizmat qilgan.

2010–2014-yillarda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 2014–2017-yillarda Margʻilon shahar prokurori, 2017-yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, 2017–2018-yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoyat daromadlarini legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018–2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/09/mavlonov, 2019–2020-yillarda Namangan viloyati prokurori boʻlgan. 2020–2021-yillarda yana Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.

2021-yil noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va unga bojxona xizmati general-mayori unvoni berilgan. 2024-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.

Ilmiy faoliyati 2024-yilda „Korruptsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)“ mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faxriy unvon va mukofotlar

„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni; „Prokuratura organlariga 30 yil“ medali; „Davlat bojxona xizmatiga 30 yil“ nishoni; „Dostlik“ ordeni (2024-yil 24-avgust, Prezident farmoniga asosan); MDH va ShHT tashkilotlarining yillik yubiley nishonlari va faxriy belgilar.

Faxriy unvon 2024-yil 28-mart kuni Fargʻona davlat universiteti bilan samarali hamkorligi va yoshlarga ibrat boʻlayotgan faoliyati uchun unga „Fargʻona davlat universitetining faxriy professori“ unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar