Minifors Iks () SAMG Entertaimant tomonidan yaratilgan koreys animatsion seriali. Multserial ,,Miniforsʼʻ (미니특공대) nomli filmlar turkumining ikkinchi animatsion filmi hisoblanadi. Uning 2 ta mavsumi mavjud.

Mazmuni Kosmik qaroqchilar toʻdasi Paskal magʻlub boʻlganidan bir necha yil oʻtgach, kuchli va sirli usta Zenos boshchiligidagi DanDan jamoasi (Kara, Dante va Dancho) Yerdan salbiy energiya manbalarini qidirdi. Toʻliq tirilirish va yengilmas kuchga ega boʻlish uchun Zenos jonli mavjudotlar oʻz kuch manbai sifatida yaratadigan qoʻrquv va qaygʻu kabi katta miqdordagi salbiy his-tuygʻularga muhtoj edi. Tirik mavjudotlar miqdori va mumkin boʻlgan salbiy energiya tahlil qilingandan soʻng, Yer ekipajning asosiy maqsadiga aylandi. Insoniyat oʻrtasida tartibsizlik va falokatlarni keltirib chiqarish, umidsizlik, qaygʻu, qoʻrquv va ogʻriq - Zenos oziqlanadigan barcha energiya edi. Ushbu energiyani yigʻish uchun Zenos DanDan jamoasini har safar oʻz qoʻl ostidagilaridan biri bilan bir necha bor Yerga yuborishni boshladi. Oʻzlarining noyob, shafqatsiz qobiliyatlari bilan bosqinchi musofirlar begunoh tinch aholi uchun katta tartibsizliklarni keltirib chiqardilar. Kutilganidek, yangi paydo boʻlgan Minifors Iks qahramonlari yangi dushmanlarga oʻzlari himoya qilish uchun tugʻilgan odamlarni qiynoqqa solishlariga yoʻl qoʻymaydilar. Shunday qilib, Volt, Semmi, Maks va Lyusi, maxsus agent Rey va ikkita yangi hamkasb Leo va Jeki bilan birga qadam tashlaydi. Shunday qilib, Zenosga qarshi Minifors Iksʼning yangi missiyasii boshlanadi! Qahramonlar Agentlar QahramonlarOvoz berganlar Um Sang-HyunShin Yon-VuuJeon Tae-YeolLee So-YeongNam Do-Xyun Volt – Miniforsning moviy agenti. Kuchli,tezkor, chapdast va biroz komedik. Jamoa sardori. Transformatsiyalanmagan paytida peshonasida yashin surʼati tushirilgan xuddi shu rangli olmaxon. Asosiy kuchi - tezlik.Asosiy kuchlari- tezlik va kuch ( zarba) Asalaril@professor_uzardan qoʻrqadi. Tranformatsiyalangandagi asosiy qurollari Volt Gun X va Volt Sword X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida boʻri va yoʻlbarsning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan oʻz poyga mashinasiga, Pentatronda Tankiʼiga ega. Semmi – Miniforsning qizil agenti. Ogʻir-bosiq va har doim jiddiy. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli yopinchiqqa ega ukku. Asosiy kuchi - sakrash. Balandlikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Semmi Sword X va Semmi Bow X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida koʻrshapalak va burgutning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan oʻz pleneriga, Pentatronda Vertolyotiga ega. Maks – Miniforsning sariq agenti. Baʼzan nimadandir norozi va bir oz ochofat. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli ayiq bolasi. Asosiy kuchi - kuch (zarba). Ochlikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Maks Aks X va Maks Pulemyot X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida ayiq va gorillaning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan burgʻulash mashinasiga, Pentatronda yuk mashinasiga ega. Lusiy – Miniforsning pushti agenti. Hissiyotlarga (oz boʻlsa-da) beriluvchan. Shu bilan birga u jamoaning yagona ayol agenti. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli tulki. Asosiy kuchi - himoya. Qarilikdan qoʻrqadi. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Lusiy Rod X va Lusiy Gun X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol X, Ikki karrali qilich-qurol X kombinatsiyasi, X-disk. X-diskʼida tulki va oqqushning kuchi bor. Force X Tronda robotga aylana oladigan Ferrariga, Pentatronda Sement mashinasiga ega. Rey – Miniforsning qora, maxsus agenti. Jiddiy va kuchli. Transformatsiyalanmagandagi qiyofasi va asosiy kuchi hamda qoʻrquvi maʼlum emas. Transformatsiyalangandadagi asosiy qurollari Rey Gun X va Rey Sword X. Boshqa quroli X-disk. X-disk'ida qora panteraning kuchi bor. Robotga aylana oladigan Qirgʻiy koʻrinishidagi samolyotiga va poyga mashinasiga ega. Jekiy – Miniforsning yashil agenti. Voltni ustoz deb biladi va uning muxlisi hamda u uchun hamma narsaga tayyor. U faqat ikki marotaba missiyada qatnashgan. Transformatsiyalanmagan paytida shu rangli maymun. Asosiy kuchi va qoʻrquvi maʼlum emas. Transformatsiyalangandagi asosiy quroli Jekiy Sword X. Boshqa qurollari yoʻq. Rio – Miniforsning maxsus agenti. Ikkinchi mavsumda paydo boʻladi. Jiddiy. Transformatsiyalanmagan paytida koʻk chiziqli yoʻl-yoʻl qora mushuk. Olim boʻlgan va oʻzi uchun maxsus bilakuzuk yasagan. Uning aytishicha, bu bilaguzuk oʻz kamchiliklarini toʻldiradi. Asosiy kuchlari - tezlik, sakrash, kuch (zarba). Qoʻrquvi maʼlum emas. Transformatsiyalangandagi asosiy qurollari Rio Gun X va Rio Sword X. Boshqa qurollari: Ikki karrali qilich-qurol Iks va Ikki karrali qilich-qurol Iks kombibatsiyasi. Pentatronda robotga aylana oladigan Tankiga ega.

Ittoqchilar Qoʻmondon Chen – Minifors Iks qoʻmondoni, muxbiri va murabbiyi. Ipas (Ovozi Soyeon) – Minifors shtab-kvartirasining boshligʻini yordamchisi va missiya nazoratchisi. Suzi (Ovozi Soyeon)– Miniforslarning doʻsti va qoʻriqchisi. Mia (Ovozi Hayoung Kim) – Rioning yordamchi menejeri. Lui – Suzining ukasi. Yovuzlar Zenos (Ovozi Ventjun Sun)– asosiy yovuz. U salbiy energiya bilan oziqlanadi. Zord – Zenosning jangovar maslahatchisi, 2-mavsumda paydo boʻldi. Ikkinchi darajali DanDan jamoasi – Dante (Ovozi Vuntjun Sun), Dancho (Ovozi Vuntjun Sun) va Kara (Ovozi Kim Eun-Deh) Zenosning sobiq maslahatchilari. Zenosga qarshi Miniforsga qoʻshiladi (2-M 21-Q). Maxsus epizodlar Duri amaki (Ovozi Nam Do-Xyun) – Suzining amakisi. U lagʻmon yeyishni yaxshi koʻradi, gitara chaladi va har doim gʻalati ishlarni qiladi. Suziyning onasi Nonvoy bobo – novvoyxonani boshqaradigan va Voltning sevimli pishiriqlarini tayyorlaydigan mehribon keksa bobo. Terri – Suzining sevgan yigiti (1-mavsumning 7-8-qismlarida paydo boʻlgan). Roy – yosh, isteʼfoga chiqqan boshlangʻich maktab oʻqituvchisi. Lyusining sevgilisi va Pushti Renjerning muxlisi (1-fasl 17-18-qismlarida paydo boʻlgan). Tommi – oyoq kasalliklari bilan ogʻrigan yosh bemor, sobiq Moviy Renjerning muxlisi, keyinchalik Moviy Ranjerdan tashqari barcha Miniforslarning muxlisi (1-mavsum 21-22-qismlarida paydo boʻlgan).

Qismlar roʻyxati MavsumQismlar soniKoʻrsatish davomiyligi№Mavsum nomiMavsum premyerasiMavsum finali1Minifors Iks1330-may 201823-avgust 20182Minifors Iks: Pentatron 1330-yanvar 201925-aprel 2019Qism nomlari tarjima qilingan. Asl tarjimani koʻrish uchun Tillar boʻlimini koʻring.Filmning Youtubedagi qismlariga yoʻnaltiruvchi havolalarni toʻldirish kerak. Iltimos, agar sizda ushbu havolalar boʻlsa, tahrirlang. № Nomi Premyera sanasi1Olgʻa, X mashinasi2018-yil 30-may 31-may, 2018-yil2Yolgʻon toʻri2018-yil, 6-iyun7-iyun, 2018-yil3Haqiqiy doʻstlik2018-yil, 13-iyun14-iyun, 2018-yil4Shubhali poyabzalRaqqos kelgindilar2018-yil, 20-iyun21-iyun, 2018-yil5Jodugarning laʼnatiOlgʻa, kichkintoy Maks2018-yil 27-iyun28-iyun, 2018-yil6Bobomning shirinliklarini asrang!2018-yil, 4-iyul5-iyul, 2018-yil7Barcha kuch birdek2018-yil, 11-iyul2018-yil, 12-iyul8Koʻrinmas dushmanZenos bilan uchrashuv18-iyul, 2018-yil19-iyul, 2018-yil9Oshiq Lyusi2018-yil, 25-iyul2018-yil, 26-iyul10Qora ritsar2018-yil, 1-avgust2-avgust, 2018-yil11Bajarilmagan vaʼdaToʻrt klan!2018-yil, 8-avgust9-avgust, 2018-yil12Soxtasini toping!Danbot Zed hujumi2018-yil, 15-avgust2018-yil, 16-avgust13Haqiqiy ZenosMaxsus hujum2018-yil 22-avgust2018-yil, 23-avgust14Sirli graffiti shov-shuviGraffiti tirik!2019-yil, 30-yanvar2019-yil, 31-yanvar 15 Lagerga boradigan yoʻlda muammoEndi harakat kasalligi yoʻq Fevral 6, 2019 Fevral 7, 201916Volt yovuzlik tarafdaJackieʼs Sacrifice2019-yil, 13-fevral14-fevral, 2019-yil17Moviy binafshalarning hidiQotil yomgʻirning kimligi20-fevral, 2019-yil21-fevral, 2019-yil18Dahshatli viktorina shousiLyusi Viktorinalar qirolichasi27-fevral, 2019-yil 28-fevral, 2019-yil19Daho olim Rio6-mart, 2019-yil7-mart, 2019-yil20Magical Girl Alien SehrliSoul Change Proar13-mart, 2019-yil14-mart, 2019-yil21Besh aʼzoli oʻzga sayyoralikBesh termoyadroviy!2019-yil 20-mart21-mart, 2019-yil22Rio baliqchilar qiroliTumandagi soya27-mart, 2019-yil28-mart, 2019-yil23Qattiy qarorYakuniy missiya2019-yil 3-aprel4-aprel, 2019-yil24Zordning dahshatli hiylasiHamma Zenosga qarshi2019-yil, 10-aprel 2019-yil, 11-aprel 25Koinotdagi missiya2019-yil, 17-aprel18-aprel, 2019-yil26Yer xavf ostida24-aprel, 2019-yil25-aprel, 2019-yil Teatr versiyasi Miniforce The Movie: Yangi yovuz hujumi (2015) Miniforce filmi: Yangi qahramonning tugʻilishi (2016) Miniforce X (2018) Miniforce The Movie: Dinozavrlar qiroli (2020) Miniforce: Gamburger Maxluqi hujumi (2020) Filmlar turkumi №Film turkumi nomiKoʻrsatish davomiyligiIlk qism sanasiSoʻnggi qism sanasi1Minifors 3-sentabr 201425-may 20152Minifors Iks 30-may 201825-aprel 20193Miniforce Super Dino Power29-avgust 20194-dekabr 20204Miniforce Super Dino Power 212-aprel 202119-aprel 20215Minifors Animaltron3-sentabr 2021-

Manbalar

Havolalar