Carly Rae Jepsen (; 21-noyabr 1985-yilda tugʻilgan) kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Britaniya Kolumbiyasining Mission shahrida tugʻilib oʻsgan Jepsen maktabda oʻqigan chogʻlarida turli maktab teatr sahnalarida rol ijro etdi. Maktabni tugatgach, Britaniya Kolumbiyasining Victoria shahridagi Kanada sahna sanʼat kollejiga kirdi. Oʻqishni tamomlaganidan soʻng, Vancouver shahriga koʻchib oʻtdi va 2007-yilda Canadian Idol shousida qatnashib, uchinchi oʻrinni oldi. 2008-yilda Jepsen ilk studiyaviy albomi — Tug of Warni ommaga havola etdi.
Jepsen 2012-yilda „Call Me Maybe“ ashulasini chiqarib, bu unga shuhrat keltirdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan singli boʻldi va 18 ta mamlakat musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi. Natijada, u School Boy Records va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Jepsenning ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Kiss shu yilning oxirlarida chiqarildi. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan bu albom AQSh va Kanada chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. 2014-yilda Jepsen Broadway teatrida sahnalashtirilgan Cinderella myuziklida titular qahramonni jonlantirdi. Keyingi yili uchinchi studiyaviy albomi — Emotionni chiqardi. Tijorat jihatdan, ushbu albom Kissga qaraganda kamroq daromad keltirgan boʻlsa-da, albomning yetakchi singli boʻlmish „I Really Like You“ muvaffaqiyat qozonib, musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilandi. 2016-yilda Jepsen Grease: Live teleserialida suratga tushdi hamda Ballerina animatsion filmida Odette personajiga ovoz berdi. Uning toʻrtinchi studiyaviy albomi — Dedicated 2019-yilning 17-mayida chiqarilib, omma va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Bir yil oʻtib, Jepsen navbatdagi albomi Dedicated Side Bni ommaga taqdim etdi.
Jepsen koʻplab yutuqlarga, jumladan uch marta Juno Awards, bir marta Billboard Music Award va bir marta Allan Slaight Awardga sazovor boʻlgan, shuningdek, Grammy Awards, MTV Video Music Awards, Polaris Music Prize va People's Choice Awardsga nozmod boʻlgan. 2015-yil mayiga koʻra, Jepsen umumjahon boʻylab 25 milliondan oshiq audioyozuvini sotgan.
thumb|right|upright|Jepsen Justin Bieberning Believe turnesi davomida (2012) Diskografiyasi Tug of War (2008) Kiss (2012) Emotion (2015) Dedicated (2019) Dedicated Side B (2020) Filmografiyasi Televideniye Yil Nom Rol Izohlar2007Canadian IdolOʻzi/qatnashchimavsum 5; 3-oʻrinni olgan201290210Oʻzi mavsum 5: „Til Death Do Us Part“2013Shake It UpOʻzi mavsum 3, qism 10: „My Fair Librarian It Up“ 2015 Saturday Night Live Oʻzi/mehmon mavsum 40, qism 17 2015 Castle Oʻzi mavsum 7, qism 22: „Dead from New York“ 2015 Comedy Bang! Bang! Oʻzi mavsum 4, qism 24: „Carly Rae Jepsen Wears a Chunky Necklace and Black Ankle Boots“ 2016 Grease: Live Frenchy Maxsus ishlangan
Kino Yil Nom Rol Izohlar 2013 Lennon or McCartney Oʻzi Qisqa hajmli film; intervyu klip 2016 Ballerina Odette Ovoz bergan
Teatr Yil(lar)Sahna koʻrinishiRolJoylashuvTurkum2014Rodgers + Hammersteinʼs CinderellaElla The Broadway Theatre Broadway Turnelari The Summer Kiss Tour (2013) Gimmie Love Tour (2015-2016) The Dedicated Tour (2019-2020) Manbalar
Havolalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kanadalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Kanadalik qoʻshiqnavislar Turkum:Kanadalik aktrisalar Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Yilning eng yaxshi albomi uchun Juno mukofoti g‘oliblari Turkum:Yilning eng yaxshi singli uchun Juno mukofoti g‘oliblari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar