Vivo 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Sony Pictures Animation mahsuloti boʻlgan musiqiy va komediya janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Film rejissori Kirk DeMicco, produserlari Lisa Stewart, Michelle L.M. Wong va Rich Moore, ssenariyni esa Kirk DeMicco va Quiara Alegría Hudes yozishgan. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Lin-Manuel Miranda, Zoe Saldana, Juan de Marcos González, Michael Rooker, Brian Tyree Henry, Nicole Byer va Gloria Estefan kiradi.

Film gʻoyasi ilk marotaba 2010-yilda Miranda tarafidan DreamWorks Animation studiyasi uchun taqdim etilgan, ammo 2015-yilda studiyaning qayta qurilishi tufayli ushbu film loyihasi bekor qilindi. Keyinchalik, loyiha qayta tiklandi va 2016-yil 14-dekabrda bu filmni Sony Pictures Animation studiyasi ishlab chiqarishi maʼlum boʻldi.

Vivo tanlangan kinoteatrlarda 2021-yil 30-iyulda va raqamli tarzda Netflix platformasida 2021-yil 6-avgustda chiqarildi. Film kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilandi, ayniqsa animatsiya va ovozli ijrolar yuqori baholashdi.

Ovoz berganlar Lin-Manuel Miranda — Vivo Ynairaly Simo — Gabriela „Gabi“ Hernández Zoe Saldana — Rosa Hernández Juan de Marcos González — Andrés Hernández Michael Rooker — Lutador Brian Tyree Henry — Dancarino Nicole Byer — Valentina Aneesa Folds — Valentina Gloria Estefan — Marta Sandoval Katie Lowes — Becky Olivia Trujillo — Eva Lidya Jewett — Sarah Leslie David Baker

Musiqasi

Mukofotlar +Yil Mukofot Turkum Nomzod (lar) Natija Manbalar 2021 12-Hollywood Musiqasi (Media Awards) Original ashula — Animatsion Film Alex Lacamoire

Manbalar

Havolalar

Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:Sony Pictures Animation filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Columbia Pictures animatsion filmlari Turkum:Kirk DeMicco filmlari