Dilnozaxon Kattaxonova — oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi. Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD). „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni va „Doʻstlik“ ordeni sohibasi. Garvard universitetining Jon Kennedi maktabi magistratura dasturi tinglovchisi.

Hayoti 1991-yil 2-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.

2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan.

2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining magistraturasini tamomlagan.

2014—2016-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Ijtimoiy-huquqiy loyihalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2017-yil 5-iyulda Yoshlar masalalari boʻyicha Respublika kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan.

2018—2020-yillari „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. 2022-yil mart oyida ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomi olgan.

2020-yil 10-iyul kuni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

2023-yil boshidan boshlab yana mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilingan.

2023-yil 20-dekabrdan 2026-yil 10-iyulga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.

2026-yil 10-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Mukofotlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan birinchilardan boʻlib taqdirlangan. 2020-yilda Davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar roʻyxati shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar Top-35 taligidan, 2021-yilda esa Top-40 davlat tuzilmalari, muassasalari, yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollar roʻyxatidan oʻrin olgan. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining „Maʼnaviyat aʼlochisi“ hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanganOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rasmiy sayti. 2021-yil 30-iyun „Yoshlar kuni“da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlanganYoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida. Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi ko‘krak nishoni (2026-yil 21-fevral)

Yana qarang Mehrinoz Abbosova Qobuljon Ahmedov Jamshid Xoʻjayev (pedagog) Behzod Toʻxtamurodov Abatbay Daniyarov

Manbalar

Havolalar Dilnozaxon Kattaxonova Telegram sahifasi Dilnozaxon Kattaxonova Instagram sahifasi Dilnozaxon Kattaxonova Facebook sahifasi

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosarlari