Huseynova Abira Amanovna (tugʻ. 1958-yil, Buxoro shahrida, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, falsafa fanlari doktori, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Buxoro viloyati ilmiy-amaliy boshqarmasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi.

Biografiyasi Huseynova Abira Amanovna 1958-yilda Oʻzbekiston SSRning Buxoro shahrida tugʻilgan. 2016-yil dekabr oyidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri.

2020-yilda Abira Amanovna IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi etib saylangan.

Mukofotlar 2021-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari