Lola Zunnunova – jurnalist, teleboshlovchi, sanʼatshunos, kinotanqidchi, produserhttps://www.kinopoisk.ru/name/6590834/ 1984-yil 29-iyunda Termiz shahrida tugʻilgan. U Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan „Kinomaniya“ koʻrsatuvi orqali shuhrat qozongan.
Taʼlim Lola Zunnunova 2005-yilda Toshkent Davlat Sanʼat Institutining „Sanʼatshunoslik“ fakultetini imtiyozli tamomlaydi. Shundan soʻng, 2005—2008-yillarda Oʻzbekiston Jahon Tillari Universitetining „Xalqaro Jurnalistika“ fakultetida oʻqishni davom ettiradihttps://www.imdb.com/name/nm12737789/.
Mukofotlari Lola Zunnunova 2007-yilda „M&TVA Award“ taqdimotining „Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi“ nominatsiyasi gʻolibi. 2019-yilda esa „Eng ulugʻ, Eng Aziz“ Respublika tanlovida gʻolib boʻladihttps://daryo.uz/k/2021/10/08/taniqli-jurnalist-lola-zunnunova-nima-sababdan-milliy-tv-rahbarligidan-ketganini-malum-qildi-video/.
Faoliyati Lola Zunnunova dastlab 2002-yildan 2007-yilga qadar „Oʻzbekiston“ telekanalida, 2007-yildan 2019-yilga qadar „Yoshlar“ telekanalida hamda 2019—2021-yillarda „MilliyTV“ telekanallarida faoliyat olib boradi. Faoliyati davomida, Lola Zunnunova „Munavvar tong“, „Kinoafisha“, „Cinema.uz“, „Cinemaniya“, „Kinomaniya“http://sayyod.com/news/lola_jana_kinomanija_ga_di_at_torta_olarmikan/2014-07-10-3046, „Yoʻl-yoʻlakay“, „Qizlar davrasi“, „Dugonalar“, „Liboslar jilosi“, „Yosh kitobxon“, „Yangi kun“, „Kinoqahramon“ va „Bu kino…“https://zamin.uz/jamiyat/92101-tanili-zhurnalist-lola-zunnunova-nima-sababdan-milliy-tv-rabarligidan-ketganini-ajtdi.html kabi koʻrsatuvlarni efirga taqdim qilgan. 2019-yilning yanvar oyidan boshlab „MilliyTV“ kanalida Bosh muharrir lavozimida, 2021-yilning avgust oyida esa kanalning Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritdi.
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:O‘zbekistonlik jurnalist ayollar Turkum:Oʻzbekiston teleboshlovchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ayol teleboshlovchilari Turkum:Oʻzbekiston kino tanqidchilari Turkum:Oʻzbekiston sanʼatshunoslari Turkum:Toshkentdagi OTMlar bitiruvchilari Turkum:O‘zbekistonlik prodyuserlar