Dilorom Xusnitdinovna Fayzieva (tugʻ. , Toshkent shahri, Oʻzbek SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi.
Biografiyasi Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna 1962-yil 13-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi - sanitariya, gigiyena va epidemiologiya vrachi. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 1987-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy xodimi, 1996-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya rahbari lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Mukofotlari
„Doʻstlik“ ordeni (2025).
Manbalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:13-iyulda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar