Isis (misrcha: js.t, , ) Misr mifologiyasida uchraydigan maʼbudadir. U oy maʼbudasi oʻlaroq tanilgandir. Hayot va sehr maʼbudasi sifatida, u ayollar va bolalarni muhofaza qiladi, kasallarga esa shifo bagʻishlaydi. Shuningdek, u Qadimgi Misrning eng buyuk maʼbudalaridan biri hisoblanadi.
Uning ramzlari — anx, qanotlari hamda bosh kiyimi. U hayot, oʻlim va hosildorlik xudosi sanalmish Osirisning singlisi va rafiqasi boʻlgan. Ularning Horus ismli farzandi ham boʻlgan. Misrda thumb|alt=Terracotta sculpture of a woman with her arm flung across her forehead|Ayol haykali, ehtimol Isis motam holatida (mil. avv. 14–XV asr) Roli Osirisning vafoti va tirilishi haqidagi mif sikli ilk marotaba Piramida yozmalarida uchraydi hamda butun Misr miflarining eng mufassal va taʼsirlisiga aylandi. Isis ushbu mifda boshqa bosh qahramonlarga qaraganda ancha faol rol oʻynaydi, shu sababdan u Yangi Qirollikdan (miloddan avvalgi 1550–1070-yillar) to Ellinistik davrgacha (miloddan avvalgi 305–30-yillar) adabiyotlarda rivojlanib, barcha Misr maʼbudalari orasida eng murakkab adabiy qahramonga aylandi. Shu bilan bir qatorda, u boshqa maʼbudalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirdi, bu uning taʼsirini Osiris mifi tashqarisida ham kengayishiga xizmat qildi. Manbalar
Adabiyotlar Gods and Goddesses of Ancient Egypt by Janeen R, Adil
Havolalar http://www.touregypt.net/godsofegypt/isis.htm http://www.ancient-egypt.org http://www.touregypt.net/isis.htm
Turkum:Yaqin Sharq xudolari Turkum:Misr xudolari Turkum:Mifologik qahramonlar