Bahodir Isomiddin oʻgʻli Jalolov (1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) – ogʻir vazn toifasida professional bokschi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni (2020-yil, 2024-yil), ikki karra jahon chempioni (2019-yil, 2023-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlangan.
Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani – 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentyabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.
Boshlangʻich faoliyati U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.
2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.
2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari
thumb|270px|Ringda 2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi – Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.
2017-yil 2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.
2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi.
2019-yil 2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.
2019-yil sentyabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib, yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0) va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi.
2021-yil 2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi.
2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi.
2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.
2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari 2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo/Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi – „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi.. 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari Bahodir Jalolov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida norvegiyalik Omar Shixani 5:0 hisobidamagʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Junior Teremoanani 5:0 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda germaniyalik bokschi Nelvie Tiafak ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Finalda ispaniyalik Ayub Gadfa bilan toʻqnashdi. Bahodir Jalolov 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medalga sazovor boʻldi.
Professional faoliyati 2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi .
2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.
2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdihttps://www.gazeta.uz/uz/2022/06/11/boxing/. NatijaRekordRaqibTuriRaund, vaqtSanaManzilEslatma13Gʻalaba8–0Onorede EhwaremeKO1 (8), 26-avgust 202312Gʻalaba12-0Curtis HarperKO4 (10), 26-noyabr 202211Gʻalaba11-0Jack MulowayiKO8 (8), 10-iyun 202210Gʻalaba10-0Kamil SokołowskiTKO5 (8), 18-mart 20229Gʻalaba9-0Julio Cesar CalimenoTKO1 (6), 11-dekabr 20218Gʻalaba8-0Kristaps ZutisTKO2 (6), 3-aprel 20217Gʻalaba7-0Wilfredo LealRTD1 (6), 12-dekabr 20206Gʻalaba6-0Brendan BarrettKO1 (6), 10-aprel 20195Gʻalaba5-0Willie HarveyTKO2 (6), 15-mart 20194Gʻalaba4-0Marquis ValentineKO1 (4), 8-dekabr 20183Gʻalaba3-0Tyrell Wright4 (6), 27-oktyabr 20182Gʻalaba2-0Eduardo Vitela1 (6), 29-sentyabr 20181Gʻalaba1-0Hugo Trujillo3 (6), 5-may 2018 Unvon va mukofotlari 2019-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni; 2021-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining „Eng yaxshi bokschisi“ deb eʼtirof etilgan; 2021-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni; 2024-yilda El-yurt hurmati ordeni; 2024-yilda „Aʼlo xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni; 2024-yilda podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida bokschilar Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Boks boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari