Bahrom Yoqubov (1961-yil 1-aprel — 2021-yil 11-mart, Toshkent) — oʻzbek kinorejissori, postanovkachi rejissor va senariy muallifi. „Oʻzbekfilm“ va „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyalarida rejissor yordamchisi vazifasida ishlagan. Ijodi Ijodiy faoliyatini 1989-yil „Yosh yozuvchining kundaligi“ nomli qisqa metrajli filmni suratga olishdan boshlagan. Faoliyati davomida „Romeo va Julyetta“, „Sarvinoz“ (2004), „Sarvinoz-2 — baxt uchun million“, „Fotima va Zuhra“ (2005), „Sugʻdiyona“ (2006), „Super kelinchak“ (2008), „Tashlandiq“, „Ichkuyov“ (2009), „Majruh“ (2010), „Yondiradi — kuydiradi“ (2011), „O Maryam, Maryam“ filmlarini suratga olgan. Filmografiyasi Yil Film nomi Ampluasi Bosh rol ijrochisi 1989 Yosh yozuvchining kundaligi(qisqa metrajli film) Rejissor 2004 Sarvinoz Rejissor, senariynavisShahzoda,Ulugʻbek Qodirov 2004 Romeo va Julietta yoxud laʼnatlangan sevgi Rejissor, senariynavisShohruhxon,Zarina Nizomiddinova,Adiz Rajabov,Ubaydulla Omon,Indi 2005 Sarvinoz-2: baxt uchun million Rejissor, senariynavisSevinch Moʻminova,Ulug‘bek Qodirov 2005 Fotima va Zuhra Rejissor, senariynavisShahzoda,Gulchehra Eshonqulova,Ulug‘bek Qodirov 2006 Sug‘diyona Rejissor, senariynavisSogdiana,Farruh Soipov 2007 Zumrad va Qimmat Rejissor, senariynavisShahzoda,Dilnoza Kubayeva 2008 Tashlandiq Rejissor, senariynavisShahriyor 2008 Super kelinchak Rejissor, senariynavisDiana Yagofarova,Adiz Rajabov 2009 Ichkuyov Rejissor, senariynavisDiana Yagofarova,Adiz Rajabov 2009 Zirapcha RejissorDiana Yagofarova,Samandar Yagofarov 2010 Majruh Rejissor, senariynavisUlug‘bek Qodirov,Shahzoda 2011 Jodugar Rejissor, senariynavisUlug‘bek Qodirov,Lola Yo‘ldosheva 2011 Yondiradi — kuydiradi Rejissor, senariynavisLola Yo‘ldosheva,Ulug‘bek Qodirov 2012 O Maryam, Maryam RejissorShahzoda,Ulug‘bek Qodirov 2012 Men yulduzman RejissorUlug‘bek Qodirov,Zarina Nizomiddinova 2013 Fotima RejissorZarina Nizomiddinova,Umid Iskandarov,Tohir Saidov 2014 Tungi mehmon RejissorMatyoqub Matchonov,Sharof Muqimov,Saida Saidbekova,Sanjar Shodiyev 2015 Qochqin Rejissor, senariynavisAlisher Usmonov,Behzod Muhammadkarimov,Shahzoda Muhammedova,Bobur Yo‘ldoshev,Mirza Azizov 2016 Boyvachcha kuyov Rejissor, senariynavisAlisher Usmonov,Yulduz Rajabova,Zarina Nizomiddinova,Asqar Hikmatov,Saida Rametova 2017 Majruh 2 yoxud Mister Amerika Rejissor, senariynavisAlisher Usmonov,Sevara Soliyeva,Bahodir Murodov,Mirza Azizov 2020 Oʻzbekcha ajrashish Rejissor

Nizoli vaziyat 2008-yil Bahrom Yoqubov va uning rejissorligidagi „Super kelinchak“ filmida bosh rollardan birini ijro etgan Diana Yagofarovaning jinsiy aloqa qilgan videosi internetda tarqaldi. Ushbu video jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab boʻldi, hatto rejissor aktrisaga videoni koʻrsatib „Super kelinchak“ filmida gonorarsiz suratga tushishga majburlagan, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu voqeadan keyin Diana Yagofarova sanʼatdan ketdi va oʻn yilga yaqin hech kimga intervyu bermadi. Bahrom Yoqubov esa bu videoni uyushtirilgan montaj deb atadi.

Manbalar

Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar