Elena Vladimirovna Babenko (tugʻ. 1968-yil 17-fevral, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi.

Biografiyasi 1989-yilda Andijon davlat pedagogika institutini (hozirgi Andijon davlat universiteti) tugatgan. Xuddi shu yili u oʻz faoliyatini boshladi, Andijon davlat pedagogika institutining rus tili kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2015-yilgacha Andijon davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2016-2018-yillarda Oʻzbekiston rus madaniy markazi Andijon viloyati boʻlimi rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Va 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston rus madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari etib tayinlandi.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylandi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Elena Babenko — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining aʼzosi.

Mukofotlar 2019-yilda "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar