Husenov Samoyiddin Qosimovich (1946-yil 9-noyabr, Buxoro viloyati, Vobkent tumani) – Buxoro viloyati hokimi (1996-yil dekabr—2011-yil dekabr)https://centrasia.org/newsA.php?st=1171003860.

Biografiyasi Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozirgi Buxoro davlat texnika universitetining) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻrash kombinatining mutaxassisi boʻldi. 1971-yilda u partiya organlarida ishlay boshladihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880830. 1986-yildan Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rejalashtirish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. 1992-yilda Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻi boʻldi.1994-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1996-yil 15-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan u Buxoro viloyati hokimi etib tayinlandihttps://uz.sputniknews.ru/20160922/3763940.html. 2011-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Buxoro viloyat deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samoyiddin Husenov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan. OAV maʼlumotlariga koʻra Samoyiddin Husenov korrupsiya va urugʻ-aymoqchilikka bogʻliq ayblovlar bilan lavozimidan olingan.

1997-yilda Oliy Majlisning 2-chaqiriq deputati boʻldi. 1999-yilda 2-chaqiriq Oliy Majlisning deputati etib tayinlandi. 2005-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi. 2017-yilda Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasining Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan. 2020-yildan esa Buxoro viloyat Nuroniylar kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Oilasi 2011-yil dekabr oyida Samoyiddin Husenovning oʻgʻli Sharofiddin Husenov va qarindoshlari korrupsion jinoyatlarda nohaq ayblanib, qamoqqa olingan. 2012-yil 8-oktabrda sud hukmi eʼlon qilingan. Unga koʻra, Sharofiddin Huseynov 13 yilga, yana bir kichik oʻgʻli 10 yilga, jiyani Visoliddin Huseynov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik 2016-yilda barcha nohaq ayblanib qamalib chiqqan Husenovlar Oliy Sudning tegishli qarorlariga muvofiq oqlanishgan.

Mukofotlar

„Mehnat shuxrati“ ordeni. ikki marta „Oʻzbekiston Qahramoni“ mukofotiga nomzod boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:Buxoro viloyati hokimlari Turkum:Buxoro viloyatida tugʻilganlar Turkum:Vobkent tumanida tugʻilganlar