Elena Mixaylovna Borisova (tugʻ. 1955, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek shifokor va davlat arbobi, 2020-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining toʻrtinchi chaqiriq deputati.
Biografiyasi Elena Borisova 1955-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini terapevt mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1978-yildan 1985-yilgacha uchinchi terapevtik boʻlimda umumiy amaliyot shifokori, keyin esa birinchi nevrologiya boshligʻi boʻlib ishlagan. Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vaqtincha davolanish boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
2019-yildan 2020-yilgacha Oliy Majlisning qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod edi. 2020-yildan buyon Oliy Majlisning qonunchilik palatasi aʼzosi. Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial- demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sogʻligʻini muhofaza qilish qoʻmitasining aʼzosi .
Mukofotlar 2020-yil 27-avgustda "Soglom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlandi, shuningdek, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan soliklikni saqlash xadimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:14-aprelda tugʻilganlar Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar