Urgut markaziy jome masjidi — Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha mahallasida 2011-2020-yillar davomida qurib bitkazilgan jome masjidi. Masjid Urgut-Qoratepa avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. 2021-yil 13-mart kunidan boshlab foydalanishga topshirilidi.https://kun.uz/uz/14541745
Masjid umumiy 1.06 gektar maydonda bunyod etilgan. U ikki qavatdan iborat boʻlib, qariyb 10 mingga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Masjid xonaqohi 55x45 metr oʻlchamda qurilgan boʻlib, xonaqohning ikki chetida 18x45 metr oʻlchamda ayvon tushirilgan. Masjid xonaqohi oʻrtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid chetida joylashgan toʻrtta minoraning old tarafdagi ikkitasi 43 metrdan, orqa tarafdagi ikkitasi 40 metrdan qilib qurilgan. Masjid binosining ichi anʼanaviy naqshlar bilan bezatilgan.
thumb|right|273px|Urgut markaziy jome masjidi
Masjidda zamonaviy tahoratxona va masjid xodimlari uchun ikki qavatli maʼmuriy bino qurilgan. Bugungi kunda Urgut markaziy jome masjidi Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.https://xs.uz/uz/post/samarqand-viloyatidagi-eng-katta-maszhid-urgutda-barpo-etilmoqdahttps://kun.uz/uz/03799479https://kun.uz/uz/36406818https://kun.uz/uz/59939206
Manbalar
Havolalar
Turkum:Urgut tumanidagi masjidlar