Eldor Azamat oʻgʻli Shomurodov (1995-yil 29-iyunda Jarqoʻrgʻonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi, Turkiya Superligasining „İstanbul Başakşehir“ klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi. 2025-yil Italiyaning Roma klubidan Turkiyaning İstanbul Başakşehir klubiga ijara asosida oʻtgan va turk klubi uni 2026-yilda toʻliq sotib olgan.
Futbolchilik faoliyati Mashʼal Shomurodov 6 yoshida futbol bilan shugʻullanishni boshladi. 11 yoshida Termizdan 300 km shimolda joylashgan Muborak shahrida „Mash’al“ futbol klubi akademiyasida mashq qilishni boshladi. 19 yoshida 2014-yilda asosiy tarkibga jalb etila boshlandi va oʻsha mavsumda oʻnta uchrashuv oʻtkazdi va „Mashal“ Oʻzbekiston chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. Bungacha yoshlar jamoasida oʻynagan, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar jamoasiga jalb qilingan.
Bunyodkor 2015-yil boshida Eldor Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 2017-yil iyun oyigacha oʻynagan. Hammasi boʻlib Shomurodov, Bunyodkor jamoasi tarkibida 96 ta oʻyin oʻtkazdi va 20 ta gol urdi (Oʻzbekiston Oliy Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va OChLda). „Bunyodkor“ bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylandi, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
2015-yil oxirida Shomurodov „Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga nomzodlar qatoridan joy oldi, ammo yakunda Shomurodov bilan tengdosh jamoadoshi Dostonbek Hamdamov gʻolib boʻldi.
Rostov 2017-yil iyul oyida Shomurodov Rossiyaning „Rostov“ klubiga oʻtdi va jamoa bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Shomurodov Rossiya chempionatidagi debyutini 2017-yil 30-iyulda uchinchi turda „Amkar“ klubiga qarshi safar oʻyinida amalga oshirdi – 88-daqiqada zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. Oʻyin natijasi 1:0 hisobi bilan yakunlandi. 2019-yil may oyi oxirida Rostov jamoasi Shomurodov bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi, 7-iyun kuni esa shartnoma besh yilga uzaytirildi.
2019-yil avgust oyida Shomurodov Rossiya Premyer-ligasining oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20-yilgi mavsumda Eldor Rossiya chempionatining 28ta uchrashuvida 11 ta gol urdi.
Jenoa 2020-yil 1-oktyabrda Shomurodov Italiyaning „Jenoa“ klubi bilan shartnoma imozlagan . Shomurodov Italiya chempionatida Ilyos Zeytullaevdan keyin tarixdagi ikkinchi oʻzbek futbolchisi boʻldiVa però detto che Zeytullayev ha giocato al ma in Serie B, per quanto riguarda la massima serie vi ha militato ma con la . 19-oktyabr kuni Shomurodov A Seriyada debyut uchrashuvini oʻtkzishga muvaffaq boʻlgan. Bu oʻyinda Jenoa klubi „Verona“ klubiga qarshi bahs olib borgan, Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 90-daqiqa davimida harakat qilgan. 30-noyabr kuni A Seriyaning „Parma“ ga qarshi oʻyinining ikkinchi yarmida Eldor „Jenoa“ tarkibidagi ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan. U oʻzining birinchi Italiya mavsumini umumiy 32 oʻyinda 8 ta gol bilan yakunlagan – shundan 5 tasi A Serianing soʻnggi 6 oʻyinida raqib darvozasiga kiritilgan.
Roma Eldor 2021-yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga „Jenoa“dan „Roma“ jamoasiga transfer qilingan. 2021-yil 3-avgustda Roma bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2026-yilning 30-iyunigacha amal qilishi belgilab qoʻyildi. 19-avgustda Eldor UEFA Konferentsiyalar Ligasi doirasida „Trabzonspor“ klubiga qarshi oʻyinda (1:2) debyutini oʻtkazdi va bu oʻyinda „Roma“ uchun birinchi va gʻalaba golini kiritdi. „Roma“ tarkibidagi daslabki mavsumida 40 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va boʻrilar safida UEFA Konferensiyalar Kubogida goʻlib chiqdi. Bu borada UEFA tasnifidagi kubokni qoʻlga kiritgan Vitaliy Denisovdan soʻng ikkinchi futbolchi boʻldi.
2022-yil 28-iyul kuni „Roma“ oʻzining mavsumoldi yigʻini doirasida „Tottenhem“ga qarshi nazorat oʻyinida ishtirok etish uchun Isroilning Tel-Aviv shahriga yoʻl oldi. Mazkur yigʻinga Shomurodov jalb etilmadi. U murabbiylar shtabining qarori tufayli Rimda qoldi. 2022-23-yilgi mavsumni „Roma“ klubi takibida boshladi, ammo kam oʻyin amaliyoti tufayli qishki transfer oynasi vaqtida Italiya A Seriasining boshqa bir jamoasi „Spezia“ klubiga ijara asosida oʻtgan.
Spezia 2023-yilning 30-yanvarida, bir yarim yil davomida Giallorossi safida kuchli raqobat va kam oʻyin amaliyoti tufaylihttps://www.gazzetta.it/Calcio/Calciomercato/Roma/25-03-2022/roma-smanie-shomurodov-gioco-poco-non-me-l-aspettavo-mentre-kumbulla-4302022582266.shtml, Speziaga 1.5 million yevro evaziga ijaraga berildihttps://www.asroma.com/it/notizie/2023/01/Eldor-Shomurodov-ceduto-a-titolo-temporaneo-allo-Speziahttps://www.acspezia.com/it/news/ufficiale-eldor-shomurodov-un-nuovo-calciatore-dello-spezia.24442.htmlhttps://www.goal.com/it/notizie/colpo-spezia-ufficiale-l-arrivo-di-shomurodov/blt95245bbe02b770a1. Speziada ijara asosida oʻynab yurgan vaqtida Eldorga Turkiya Superligasi 2022—2023-yilgi mavsum chempioni, Okan Buruk boshchiligidagi Galatasaroy jamoasi qiziqish bildirgan va Romadan Eldorni sotib olishga harakat qilganhttps://www.championat.com/football/news-5150205-galatasaraj-hochet-podpisat-byvshego-igroka-rostova-shomurodova.html. Keyinchalik Eldorga Moskvaning Spartak jamoasi taklif bilan chiqqan, biroq Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida oʻynashni rad etganhttps://www.championat.com/football/news-5161103-istochnik-spartak-svyazalsya-s-shomurodovom-po-povodu-perehoda-igrok-ne-hochet-igrat-v-rpl.html.
Cagliari Spezia jamoasidagi ijara shartnomasi yakunlangach, Eldor Italiya va yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar boʻlgan. Bu takliflar orasidan Italiyaning „Cagliari“ jamoa taklifini qabul qildi va 2023-yil 27-iyul sanasida 1+3 asosida shartnoma imzolagan. Shartnomada dastlabki mavsumini ijara asosida oʻtkazadi va keyinchalik „Roma“ jamoasidan sotib olish huquqi bilan 3 yillik uzaytirish imkoniyatiga ega. 2022—2023-yilgi mavsumning yarmini Spezia jamosida ijara asosida oʻtkazgan Shomurodov, jamoa tarkibida 16 bora maydonga tushib 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Eldor Rim jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha imzolangan. Internet saytlari hozirgi kunda transfer bozorida, Shomurodovning transfer qiymatini 6 million yevroga baholashmoqdahttps://www.championat.com/football/news-5185535-byvshij-forvard-rostova-shomurodov-pereshyol-v-kalyari.html.
Terma jamoadagi faoliyati Eldor Shomurodov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazdi. 2016-yilgacha Eldor Oʻzbekiston yoshlar jamoasida oʻynagan. 2015-yildan boshlab Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etila boshladi. Shomurodov milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2015-yil 3-sentyabr kuni Jahon chempionati-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik, Shomurodov doimiy tarzda terma jamoaga jalb qilina boshlandi va Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.
2018-yil dekabr oyida Shomurodov Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9 yanvar kuni ga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida, oʻyinning 86-daqiqasida gol urib, uchrashuvda gʻalaba toʻpini kiritdi (2:1). 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Oʻzbekiston – Turkmaniston oʻyinining 24 va 42-daqiqalarida ikkita gol urdi. Natijada, Oʻzbekiston milliy jamoasi turkmanlarni 4:0 hisobida magʻlub etdi. 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan guruh bosqichining uchinchi oʻyinida Oʻzbekiston Yaponiyaga 1:2 hisobida yutqazdi, 40-daqiqada jamoasining yagona goli Eldor tomonidan urildi. 1/8 finalda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazdi, asosiy va qoʻshimcha vaqt 0:0 hisobida durang bilan tugadi.. 2023-yilda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻyinda, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan. Oʻyin davomida Eldor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Kiritilgan ikki gol Shomurodovni Oʻzbekiston Futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylantirgan. 28 yoshli hujumchi terma jamoa safida hozirga qadar 36 ta gol urishga erishgan. Eldor toʻpurarga aylanguniga qadar terma jamoa safida gol urish boʻyicha peshqadam, futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jmaosining sobiq oʻyinchisi va sardori Maksim Shatskixga tegishli boʻlib, u terma jamoa safida 34 marotaba raqiblar darvozasiga gol kiritishga muvaffaq boʻlganhttps://www.championat.com/football/news-5138855-shomurodov-stal-luchshim-bombardirom-v-istorii-sbornoj-uzbekistana.html.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. 2-iyun kuni ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Oʻyin uslubi Oʻng oyoqda toʻp tepadigan Shomurodov ham gol urishga, ham golli uzatma berishga qodir, hujum chizigʻida ajralib turishi mumkin boʻlgan birinchi raqamli hujumchidir. Raqiblar bilan kuchli tezlashuv va progressiyaga qodir, u birlashtiruvchi sifatida ham mohir boʻla oladi. Jismoniy jihatdan kuchli, boʻshliqlardan va havodan ham hujum qila oladi, yaxshi dinamizmga ega va havoda oʻynashda mahoratlidir. U yarim himoyachilar va hujumkor yarim himoyachilar bilan bogʻlanish uchun orqa chiziqda birlashadigan jamoa uchun koʻp ishlaydi. U oʻyinni qanday oʻzgartirishni biladi va toʻplar orqali oʻtishni, raqib himoyasi ortidan zarba berishni yaxshi biladi. Shuningdek, u tezkor qadamlari va toʻpni yon chiziqdan voleybolchilardek otish kuchi bilan ajralib turadi. Yaxshi texnika bilan jihozlangan, u toʻpni himoya qilishda va oldinga siljishda mahoratli va ochiq maydonda xavfli boʻlishi mumkin.
U boʻy tarafidan 20 sm farqiga qaramay oʻz vaqtida „Oʻzbek Messisi“ laqabini olgan.
Yutuqlari
Terma jamoa
FIFA Series gʻolibi: 2026
Klublar ishtirokida
Mashʼal
Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014
Bunyodkor
Oʻzbekiston chempionatining kumush medal sohibi: 2016 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2015
Roma
UEFA Konferensiyalar Kubogi sohibi: 2022 UEFA Yevropa ligasi finalchisi: 2023
Shaxsiy
Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: (2) 2019, 2021 Rossiya chempionatining eng yaxshi 33 nafar futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan: 2019/20 (№ 3) Turkiya Superligasi toʻpurari: 2025–26
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarClubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDarajaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolMashʼal Muborak2014Oʻzbekiston Superligasi9000--90Bunyodkor2015Oʻzbekiston Superligasi25751401235102016Oʻzbekiston Superligasi271050720039122017Oʻzbekiston Superligasi141306100232Jami6618131173129724Rostov2017-18Rossiya Premyer-ligasi18220--2022018-19Rossiya Premyer-ligasi26361--3242019-20Rossiya Premyer-ligasi281120--30112020-21Rossiya Premyer-ligasi800011-91Jami801610111-9118Genoa2020-21Serie A31810-00328Jami31810-00328Roma2021-22Serie A28311111-4052022-23Serie A600021-812024-25Serie A2742182 -377Jami61732214-8513Spezia (ijara)2022-23Serie A151––10161Cagliari Calcio (ijara)2023–24Serie A22320––242Jami37420––394İstanbul Başakşehir F.K. (ijara)2025–26Turkiya Superligasi34224160–2915Umumiy faoliyat304673284582238385
Milliy terma jamoa
+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarMilliy terma jamoaYilOʻyinGolOʻzbekiston201521201612320177220187020191413202011202182202210112023852024932025102Umumiy8843
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollar soni koʻrsatiladi, gollar ustuni Shomurodovning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.