„Daraxtlar suhbati“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan. Asar rasmlarini S. Gilenko chizgan. Kitob nomi Vohidov 1962-yil yozgan „Daraxtlar suhbati“ sheʼridan olingan.

„Daraxtlar suhbati“ sheʼri Qaragʻay Boʻyin choʻzib Qaragʻay Yon-atrofga Qaragay. Der u: Barcha daraxtdan Baland akang - Qaragʻay.

Terak Men terakman, Terakman. Men hammaga kerakman. Osmon mening Yelkamda. Men olamga Tirgakman.

Majnuntol Boshim egik Majnunhol, Majnuntolman, Majnuntol. Dam olsangiz Soyamda, Men sizlardan Mamnun tol.

Archa Men archaman, Archaman. Men xursandman Barchadan. Atrofimda Aylanib Hech charchamang, Charchamang!

Olma Men sizlarning Olmangiz, Xomligimda Olmangiz, Nortojiga Oʻxshab soʻng Voy qornim, deb qolmangiz!

Oʻrik Qantak oʻrik Otim bor, Xoʻp mazali Totim bor. Magʻizimga berkitgan Qantim bor, Novvotim bor.

Shahtoli Sariq, oq shaftoliman, Zargʻaldoq Shaftoliman, Maqtanib oʻltirmayman, Manandoq Shaftoliman.

Yongʻoq Miya kabi Shaklim bor, Boshim toʻla Aqlim bor. Meni yegan Donishmand Boʻlur degan Naqlim bor.

Nashvati Meni derlar Nashvati, Sharbatlarning Sharbati, Mazalarning Mazasi, Lazzatlarning Lazzati.

Gilos Men gilosman, Quloq sol, Rangim olu Totim bol, Topsang qoʻshalogʻimni Qulogʻingga Taqib ol.

Manbalar

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari