„Qalb sadoqati“, toʻliq nomi „Saylanma. Qalb sadoqati. 5-jild: Maqolalar, bahslar, adabiy oʻylar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub proza asarlar toʻplami. Yana yetti kitob – „Bahor tarovati“, „Yoz harorari“, „Kuz saxovati“, „Qish halovati“, „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning beshinchi jildi. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga muallif Oʻzbekiston mustaqillikka erishishidan oldin yozgan mulohaza, bahs va adabiy oʻylari kiritilgan.

Yana qarang „Birinchi jild: Bahor tarovati“ „Ikkinchi jild: Yoz harorati“ „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ „Oltinchi jild: Erk saodati“

Manbalar