Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti () – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan, qurilish muhandisligi va arxitekturasiga ixtisoslashgan davlat universiteti. Universitetga 1975-yilda asos solingan. Tarix Ozarbayjon Arxitektura va qurilish universiteti (AUAC) 1920-yildan Boku politexnika institutining, 1930-1934-yillarda mustaqil qurilish va arxitektura institutining, 1934-yildan Ozarbayjon sanoat institutining va 1951-yildan Ozarbayjon politexnika institutining meʼmoriy, qurilish yoʻnalishlarni birlashtirgan bir nechta fakultet sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1975-yilda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ozarbayjon qurilish muhandislari instituti tashkil etildi. 1992-yilda institut universitet maqomini oldi.
2000-yil 13-iyunda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning Farmoni bilan ushbu universitet Ozarbayjon Arxitektura va qurilish universiteti deb oʻzgartirildi.
Fakultetlari Universitetda toʻqqizta fakultet mavjud: Arxitektura, Dizayn, Qurilish, Suv xoʻjaligi va muhandislik kommunikatsiya tizimlari, Transport, Qurilish iqtisodiyoti, Mexanika va axborot texnologiyalari, Chet el fuqarolarini tayyorlash hamda Malaka oshirish fakultetlari. Bakalavriat bosqichida arxitektura, shaharsozlik, dizayn, qurilish, transport, mashinasozlik, ekologiya, neft-gaz, geomatika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes yoʻnalishlarida 27 ta taʼlim dasturi taklif etiladi. Arxitektura fakulteti 1968-yilda arxitektura boʻlimining qurilish fakultetidan ajralib chiqishi natijasida arxitektura fakulteti tashkil etildi. Fakultetga kirishni istagan abituriyentlar test imtihonlari oldidan universitetda qobiliyat sinovlarini topshiradilar. Fakultetda taʼlim ozarbayjon, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Fakultetning bakalavriat dasturi 2019-yildan Britaniya Qirollik arxitektorlar instituti (RIBA) tomonidan akkreditatsiya qilingan boʻlib, akkreditatsiya 2024-yilda qayta tasdiqlangan. Qurilish fakulteti Fakultet 1920-yilda tashkil etilgan. 1923-yilda Boku Politexnika instituti Ozarbayjon Politexnika Instituti deb oʻzgartirilganda, fakultet „Qurilish muhandisligi“ fakulteti deb nomlandi. Fakultet shu nom ostida faoliyat yuritsa-da, iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorladi.
1975-yilda Ozarbayjon qurilish muhandislari instituti tashkil etilganda, fakultet ushbu universitetga koʻchirildi.
Fakultetda taʼlim ozarbayjon va rus tillarida olib boriladi. Fakultet Ozarbayjon Arxitektura va qurilish universitetiga boʻysunadigan muassasalardan biri. Institut direktori —xizmat koʻrsatgan meʼmor, professor Sobir Orujov. U Boku shahridagi Ozarbayjon Arxitektura va qurilish universitetining 3-sonli oʻquv binosida joylashganƏrazi planlaşdırma layihələrinin işlənilməsi üçün xüsusi razılığı (lisenziya) olan layihəçilər . arxkom.gov.az . Chet el fuqarolarini tayyorlash fakulteti Fakultet 1984-yilda tashkil etilgan; shu vaqtgacha 60 ga yaqin mamlakatdan 3000 dan ortiq talaba unda tayyorgarlik kursini tugatgan. Bir oʻquv yili davom etadigan tayyorgarlik taʼlimi ozarbayjon, rus va ingliz tillarida olib boriladi, magistratura va doktorantura nomzodlari uchun 6-9 oylik til kurslari ham mavjud. Xorijiy talabalar uchun bakalavriat bosqichida yillik oʻqish toʻlovi muhandislik va biznes yoʻnalishlarida 2000, arxitektura, shaharsozlik va dizayn yoʻnalishlarida 2500 AQSh dollarini tashkil etadi. Xalqaro aloqalari Universitet Kavkaz universiteti assotsiatsiyasining aʼzosiTüm Uyeler. kunib.com.
Xalqaro talabalar uchun dekanlik 1977-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
Universitetning xalqaro aloqalari quyidagi tuzilmalar orqali amalga oshiriladi; Chet-ellik talabalar dekani Chet-ellik talabalarni tayyorlash fakultetlari Xalqaro aloqalar boʻlimi Oʻtgan davrda 40 dan ortiq mamlakatdan 1000 ga yaqin talaba universitetni tugatdi. Hozirda universitetda dunyoning 15 mamlakatidan 400 ga yaqin talaba tahsil olmoqda.
AUACda tahsil olayotgan chet-el fuqarolari yotoqxonaga joylashtiriladi. Xorijiy talabalar dekanati chet-el universitetlarining tegishli boʻlimlari va boshqa tashkilotlar bilan bogʻlanadi. Chet-el fuqarolarini oʻqitish bilan shugʻullanadigan 65 ta oʻqituvchi mavjud.
Fakultet almashinuvi dasturi doirasida universitet Jazoir, Tunis, Mali, Senegal, Gvineya, Eron, Yaponiya, Yaman, Angliya, Afgʻoniston, Kambodja, Hindiston, Efiopiya, Turkiya va boshqa universitetlar bilan hamkorlik qiladi .
Manbalar
Havolalar Rasmiy veb-sayti Ozarbayjonda taʼlim boʻyicha maslahat – Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti
Turkum:Bokudagi universitetlar Turkum:Ozarbayjondagi texnik universitetlar va kollejlar