Niginaxon Arslonovna Shermuhamedova (1962-yil 26-mart, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, faylasuf, metodolog, taʼlim sohasi faolihttps://www.uzdaily.uz/ru/post/51905https://www.facebook.com/kanalizmirtv/videos/kanal-izmir-tvde-emel-barutun-sundu%C4%9Fu-g%C3%BCndem-%C3%B6zel-programinin-bu-haftaki-konusu-/2211740575639118/, Falsafa fanlari doktori, professor, Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri, Rossiya falsafa jamiyatining Faxriy aʼzosi, Rossiya falsafa jamiyati Oʻzbekiston boʻlinmasi raisi.
Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati Prezidiumi aʼzosi. „Falsafa va Hayot“ xalqaro jurnalining Bosh muharriri, „Adam Alami“ („Odam olami“), „Al Farabi“ (Qozogʻiston), „Tarixiy psixologiya va sotsiologiya tarixi“ („Istoricheskaya psixologiya i sotsiologiya istorii“https://www.socionauki.ru/journal/ipisi/, Rossiya), Rossiya Falsafa jamiyati Xabarnomasi („Vestnik RFO“)https://mirovid.profiforum.ru/t1239-topic va Eronning Taraqqiyot va siyosatda ayollarning roli kabi bir qator jurnallar tahririyati aʼzosi.
2008-yilda Seul (Janubiy Koreya) shahrida oʻtkazilgan 22-Butunjahon Falsafa Kongressi, 2013-yilda Afina (Gretsiya) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongressi, 2018-yilda Pekin (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongressi va 2024-yil Rim (Italiya) shahrida o'tkazilgan 25-Butunjahon Falsafa Kongresslari qatnashchisihttps://www.pdcnet.org/pdc/bvdb.nsf/purchase?openform&fp=wcp23&id=wcp23_2018_0075_0203_0207. Hozirda Oʻzbekiston milliy universiteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri va mazkur universitetda „Ontologiya va bilish nazariyasi“, „Taʼlim falsafasi“, „Texnika falsafasi“ „Madaniyat falsafasi“ va „Fan falsafasi“ kabi fanlardan maʼruzalar oʻqiydi. 1988-yilda „Dialektik-materialistik dunyoqarashning olim fikrlash tarziga taʼsiri“ („Vliyanie dialektiko-materialisticheskogo mirovozzreniya na stil mishleniya uchenogo“) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasinihttps://search.rsl.ru/ru/record/01008507308, 2002-yilda „Olim fikrlash tarzining shakllanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy faoliyati left|thumb|226x226px|Nigina Shermuhamedova, 2025-yil Professor Nigina Shermuhamedova asosan oʻzining fan metodologiyasihttps://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BB%D1%83%D0%B6%D0%B5%D0%B1%D0%BD%D0%B0%D1%8F:%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%87%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B8_%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3/9789943326347https://works.doklad.ru/view/9HyGq8HpLrY.html, fan falsafasi, gnoseologiya va taʼlim falsafasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Olima oʻz faoliyati davomida Falsafa bakalavr yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun 15 dan ortiq darsliklar yaratgan va ulardan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi „Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyoti“ konkursida 1, 2, 3 darajali diplomlar va mukofotlar bilan taqdirlangan. Qolaversa, N. Shermuhamedova 300 dan ortiq maqolalar va 4 ta xalqaro darajadagi monografiyalar muallifidir. Uning „Falsafa“ (bakalavr yoʻnalishlari talabalari uchun) darsligi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida bakalavr taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun darslik sifatida qoʻllanadi.
Mahalliy va xalqaro jamoatchilik ishlarida faolligi thumb|Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Kutubxonasida tashkil etilgan „Mintaqaviy hamkorlik – Markaziy Osiyoda xavfsizlik kafolati“ mavzusidagi davra suhbatida nutq soʻzlamoqda. 2018-yil, 6-iyun, Ostona, Qozogʻiston.
Professor Shermuhamedova Oʻzbekistonhttp://niginaaslanovna.fikr.uz/http://uchildiz.uz/%d1%84%d0%b0%d0%b9%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%83%d1%84-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d1%9e%d0%b7%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8/http://www.ijtimoiy-fikr.uz/ va umuman MDH mamlakatlarining eng koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri hisoblanadihttp://uza.uz/ru/society/prazdnik-vesny-i-sozidaniya-15-03-2016 va bu boradagi xalqaro bahs-munozaralarda faol ishtirok etib kelganhttps://uskudar.edu.tr/tr/icerik/5418/felsefenin-guncel-meseleleri-masaya-yatirildi-. Olima soʻnggi 15 yil davomida 10 dan ortiq fan nomzodlari tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan. „Fan falsafasi va metodologiyasi“ ilmiy maktabining asoschisi, „Bilimlar ontologiyasi va nazariyasi“ 12 nafar talaba ilmiy rahbari.
Shuningdek, Qozogʻistonning Ostona shahridagi Oʻzbek etno-madaniyat markazi Direktori oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritgan.
2009—2012-yillarda Shvetsiyaning Sida jamgʻarmasi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishida ilmiy tadqiqot ishlari tanlovi boʻyicha xalqaro ekspert kengashi aʼzosi.
Shermuhamedova Qozogʻistonda al-Farobiy tavalludining 1150 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirok etdi, xususan, 2020-yil 14—15-may kunlari Olmaotada „Al-Farobiy hayoti va ijodi“ mavzusida onlayn konferensiyada oʻtkazilgan yalpi majlisda nutq soʻzlagan.
2020-yil 8-dekabr kuni Qozogʻistonning Olmaota shahridagi Qozoq Milliy universitetida Al-Farobiy markazi tomonidan oʻtkazilgan „Xayrullayev va Kobesovlar hayoti va faoliyati“ onlayn konferensiyasining yalpi majlisida professor Shermuhamedova soʻzga chiqqan. alt=|left|thumb|251x251px|Nigina Shermuhamedova, 2023-yil 2020-yil 7-8-dekabr kunlari Oʻzbekiston jamoat huquqi tadqiqotlari markazi va Konrad Adenauer jamgʻarmasi hamkorligida oʻtkazilgan „Madaniyat, taʼlim va fan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tizimida“ mavzusidagi onlayn konferensiyada nutq soʻzlagan.
Rossiyaning Boshqirdiston universiteti tomonidan oʻtkazilgan UNPO tashkil etilganining 75 yilligiga bagʻishlangan „Zamonaviy dunyo va huquq“ mavzusidagi xalqaro konferensiyada yalpi majlisda soʻzga chiqdi.
2020-yil 29-may kuni Toshkent shahrida „Yevroosiyo makonida taʼlimning zamonaviy paradigmatik muammolari“ mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiya va 2020-yil 24-oktabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan „Global sheriklik barqaror rivojlanish sharti va kafolati sifatida“ xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkilotchisi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi Oʻzbekiston Milliy universitetining xalqaro universitetlar reytingiga kiritilishida oʻz ifodasini topdi.
Professor Shermuhammedova ozarbayjonlik publitsist, tarixchi Teymur Atayevning „Amir Temur fenomeni“ kitobiga bagʻishlangan onlayn taqdimotda ishtirok etdi. Uning kitob haqidagi sharhida Amir Temur shaxsining tashqi yoki mashhurroq jihatlariga emas, balki shaxsiyatiga eʼtibor qaratildi.
2021-yilning 11-mart kuni Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Falsafa instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan „National and Universal specifity of spiritual values: epistemological problems“ nomli xalqaro konferensiyada maʼruza bilan ishtirok etganhttps://drive.google.com/file/d/1na871aLerH97GF7pNyKvTeCd81LvwcXm/view?usp=sharing. 2023-yilda Nigina Shermuhamedova O'zbekiston Respublikasi "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Nashr qilingan baʼzi ishlari Action document for inter-cultural and inter-ethnic dialogue | [Documento de acción para el diálogo intercultural e interétnico]https://produccioncientificaluz.org/index.php/opcion/article/view/24011. Улкан истеъдод соҳибаси (Нигина Арслановна Шермухамедова 60 ёшда) [Matn]:. –Тошкент: ILM – ZIYO ZAKOVAT, 2022. – 200 б.
Manbalar
Turkum:Qorakoʻl tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston faylasuf ayollari