Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 23-yanvar 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, shoir. 2021-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2026).

Hayoti Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. 1992-yilda Turkiyada tahsil olish uchun talabalar orasidan tanlab olinadi. Birinchi yili Turkiyaning Qayseri shahrida 1 yil davomida turk tilini oʻrganadi. Keyingi yil Qayseridagi oliy oʻquv yurtlarida musiqa fakulteti boʻlmaganligi uchun Konya shahridagi „Saljuq“ universitetiga borib, tahsilini davom ettiradi. U yerda fortepiano va ud cholgʻusini oʻrganadi. 2 yillik oʻqishdan keyin taʼtilga uyga qaytadi va oilada yolgʻiz oʻgʻil hamda boquvchi boʻlganligi uchun oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettiradi.

1995-yilda „Meni unutma“ qoʻshigʻi orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Keyin esa „Besh kunlik dunyo“, „Malla soch“ qoʻshiqlari bilan tanilishni boshlagan. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oilasi Otabek Mamazoitov ziyolilar oilasida tugʻilgan boʻlib, otasining ismi Mamadali Mamazoitov. Ularning oilasida 2 farzand boʻlib, uning singlisi xonanada Gulsanam Mamazoitova. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor.

Konsert dasturlari

2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi; 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi; 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.

Diskografiyasi +NomiShoirBastakorYilIkki muhabbatKarim TursunOtabek MuhammadzohidNahotOtabek MuhammadzohidKoʻz tegmasinOtabek MuhammadzohidMuhabbat uvolOtabek MuhammadzohidOtabek MuhammadzohidBir dilbaraMahtumquli2018Sensiz2018Sevgilimni yigʻlatma hijronXushnud Darvesh2016-yilMayli telba denglarOtabek Muhammadzohid2013Sen kulgandaSohibjamolMast qilib qoʻydingZaminim2008Malla soch1998Besh kunlik dunyo1997Meni unutmaOtabek MuhammadzohidOtabek Muhammadzohid1995

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar