BTS (; Bangtan Boys nomi bilan ham tanilgan) – HYBE korporatsiyasi shoʻba korxonasi boʻlgan BIGHIT MUSIC tomonidan 2013-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyalik oʻgʻil bolalar guruhi. Guruh aʼzolari 7 kishida iborat: Jin, Suga, J-Hope, RM, Jimin, V va Jung Kook. Ular oʻz materiallarining koʻp qismini birga yozadi va birga ishlab chiqaradi. Guruh ijodi dastlab hip-hop janriga asoslangan boʻlib, ularning musiqiy uslublari turli janrlarni oʻz ichiga olgan holda rivojlanib kelmoqda. BTSning qoʻshiqlarida koʻpincha ruhiy salomatlik, maktab yoshidagi yoshlar va balogʻatga yetishish muammolari, yoʻqotish, oʻz-oʻzini sevish va individualizm kabi mavzular yoritib boriladi.

2014-yilda guruhning koreys tilidagi Dark & Wild nomli studio albomi hamda yapon tilidagi Wake Up nomli albomlari dunyo yuzini koʻrdi.

Maʼlumot uchun, BTS guruhi 2013 yilda tashkil topgan boʻlib, avvaliga Janubiy Koreyada, keyin esa butun dunyoda mashhurlikka erishgan. „The Time“ nashri 2017 yilda guruh yigitlarini „Tarmoqdagi eng nufuzli 25 shaxs“ roʻyxatiga kiritgan. Shuningdek, BTS jamoasi Grammy mukofotiga nomzodi qo'yilgan ilk koreyalik guruh hisoblanadi.

BTSning muxlislari ARMY deb ataladi. ARMY soʻzi Adorable Representative M.C for Youth () soʻzlarining qisqarmasidan olingan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:K-pop guruhlar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar