Carlos Ghosn (; asl ismi Korlus Gʻusn; , ; 1954-yil 9-martda tugʻilgan) fransuz va livan millatiga mansub braziliyalik biznesmendir. 2020-yil yanvar oyidan qadar Ghosn Michelin North America shirkati BIMi, Renault shirkati BIMi va xoʻjayini, AvtoVAZ shirkati xoʻjayini, Nissan shirkati BIMi xoʻjayini va Mitsubishi Motors shirkati xoʻjayini oʻlaroq faoliyat yuritganCNN. „The Gaijin with two jobs“ . CNN. 7-dekabr 2006-yil.CNN. „Lebanon put Carlos Ghosn on its postage stamps. His downfall has stunned Beirut“. CNN. 23-noyabr 2018-yil.. Shuningdek, Ghosn Renault–Nissan–Mitsubishi Alliancening xoʻjayini va BIMi sifatida ishlagan. 2010-yildan buyon shirkat umumiy bozor ulushining taxminan 10 foizini egallagan va 2017-yilga kelib dunyodagi eng yirik avtomobil guruhi hisoblangan.

1996-yilda Renault bosh direktori Luis Schweitzer Ghosnni oʻrinbosari sifatida yolladi va unga kompaniyani yaqin bankrotlikdan qutqarish vazifasini topshirdi. Ghosn 1998-2000-yillarda mehnat sarfini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarini qayta koʻrib chiqish, transport vositalarining detallarini standartlashtirish va yangi modellarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi xarajatlarni kamaytirish rejasini ishlab chiqdi. Kompaniya, shuningdek, Yaponiya tizimlari (Renault ishlab chiqarish yoʻllari) dan ilhomlangan vazifalarni bajaradigan, ish uslublarini isloh qilish va ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish, ishlab chiqish xarajatlarini kamaytirish va ayni paytda uning rivojlanishini tezlashtirish uchun tashkiliy oʻzgarishlarni amalga oshirdiDonnelly, Tom; Donnelly, Tim; Morris, David. „Renault 1985-2000: From bankruptcy to profit“. Caen Innovation Marché Entreprise, IAE CAEN Basse-Normandie, 2004.. Ghosn „Le Cost Killer“ deb nomlanganLitterick, David. „'Le Cost Killer' faces toughest test“. The Telegraph. 4-iyul 2006-yil.. 2000-yillarning boshlarida, avtomobil sanoati sohasida eng tajovuzkor qisqartirish kampaniyalaridan birini tashkil qilish va 1999-yilda oʻzining yaqin bankrotligidan Nissanni olib chiqqanligi uchun u „janob tuzatuvchi“ laqabini oldi.

2002-yilda Nissan kompaniyasining moliyaviy islohotlaridan soʻng Fortune Ghosnni Osiyoda yil biznesmeni deb taqdirladiTaylor III, Alex. „Awards“ . Fortune. 18-fevral 2002-yil.„Ghosn forecasts record Nissan profit for FY 2001“. Kyodo News International. 25-fevral 2002-yil.. 2003-yilda Fortune uni AQShdan tashqaridagi biznesdagi eng nufuzli 10 kishidan biri sifatida aniqladi,Loomis, Carol J. „The 25 most powerful people in business“. Fortune. 11-avgust 2003-yil. va uning Osiyo nashri uni yil odamiga aylantirdiAli, Arif. „Nissan Opens Largest Showroom in Oman“. Arab News. 5-iyun 2005-yil.. Financial Times va PricewaterhouseCoopers tomonidan birgalikda chop etilgan tadqiqotlar, 2003-yilda uni toʻrtinchi eng obroʻli biznes rahbari,Gaspar, et al. Introduction to Business. Houghton Mifflin, Cengage Learning, 2008. p. 258. 2004-2005-yillarda uchinchi eng obroʻli biznes rahbari deb topdi„The World’s Most Respected Leaders: Do You Agree?“. Fast Company. 23-noyabr 2004-yil.Brooke, James. „Nissan chief staying put“. The New York Times. 20-noyabr 2005-yil.. U tezda Yaponiyada va ish dunyosida mashhur maqomga erishdi,Mackintosh, James. „Carlos Ghosn: superstar car executive“. Financial Times. 19-noyabr 2004-yil.Mackintosh, James. „A superstar leader in an industry of icons“. Financial Times. 16-dekabr 2004-yil. va uning hayoti Yaponiya komikslarida qayd etildi.

Ghosn kompaniyaning boshqaruv kengashi raisi boʻlib qolgan holda, 2017-yil 1-aprel kuni Nissan bosh boshqaruvchisi lavozimidan isteʼfoga chiqdiSoblefeb, Jonathan. „Carlos Ghosn, Executive Who Revived Nissan, Will Step Aside“. The New York Times. 22-fevral 2017-yil.. U 2018-yil 19-noyabr da Haneda Aeroportida daromadlarini kamaytirib koʻrsatish va kompaniya aktivlaridan maqsadli foydalanmaslik ayblovlari bilan hibsga olinganAlAraby. „Nissan chairman Carlos Ghosn has been arrested in Japan, over alleged financial misconduct“. Alaraby. 19-noyabr 2018-yil.. 2018-yil 22-noyabrda, Nissan direktorlar kengashi Ghosnni Nissan kengashi raisi lavozimidan ozod qilish uchun bir ovozdan qaror qabul qildi. 2018-yil 26-noyabrda Mitsubishi Motors ham uni boshqaruv kengashi raisligidan ozod etti. Dastlab, Renault va Fransuz hukumati uni aybdorligini isbotlamaguncha aybsiz deb hisoblab, uni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirdi. Biroq, oxir-oqibat ular vaziyatni nochor deb hisoblashdi va Ghosn 2019-yil 24-yanvarida Renault boshqaruv raisi va bosh boshqaruvchi lavozimidan ketishga majbur boʻldi. Mart oyi boshida taqdim etilgan garov evaziga ozodlikda boʻlgan Ghosn, 2019-yil 4-aprel kuni Tokioda Nissan mablagʻlarini qonunga xilof ravishda talon-toroj qilishda yangi ayblovlar bilan hibsga olingan. 2019-yil 8-aprelida, Nissan aktsiyadorlari kompaniyaning direktorlar kengashidan Ghosnni chiqarib tashlash uchun ovoz berdi. 25-aprel kuni u yana garov evaziga qoʻyib yuborildi. Iyun oyida Renault Ghosn tomonidan qilingan 11 million evro miqdorida shubhali xarajatlarni aniqladi, bu esa fransuz tekshiruvi va reydlariga olib keldi. Amerikalik xususiy soqchilarning yordami bilan Ghosn 30-dekabrda Yaponiyadan Livanga qochib, garov evaziga ozodlik shartlarni buzdi. 2020-yilning 2-yanvarida InterpolLivanga Ghosnni hibsga olishni soʻrab qizil xabar yubordi.

Hayotining dastlabki va oʻqish yillari Ghosn ning bobosi Bichara Ghosn (moruniy) Fransiya mustamlakasi boʻlmish Livan, Ajaltoundan 13 yoshida Braziliyaga koʻchib ketdi va Braziliya va Bolivia chegarasi yaqinidagi Guaporé, Rondôniada qoʻnim topdiGhosn, Carlos. SHIFT. pp. 1-2.. Bichara Ghosn tadbirkor boʻlib, kauchuk savdosi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish va sotib olish va aviatsiya kabi bir qancha kompaniyalarni boshqarganGhosn, Carlos. SHIFT. p. 3.. Uning oʻgʻli Xorxe Ghosn, oilasi Livandagi Miziara shahridan boʻlib, keyin Braziliyaga borib qolgan asli Nigeriyada-tugʻilgan Livan ayol, Rose Jazzarga uylangan,Ghosn, Carlos. SHIFT. p. 4. toʻrt nafar farzandi koʻrib Rondônia markazi Porto Veloda istiqomat qilishganGhosn, Carlos. SHIFT. p. 5..

Karlosning otasi Xorxe Ghosn (2006-yilda vafot etgan) olmos savdogari boʻlib, aviatsiya sanoatida ishlagan. Xorxe 1960-yilda Livanning Savfardagi ruhoniyni oʻldirishda ayblangan. Xorxe 1975-yilda Livan Fuqarolik Urushi boshlanganda Braziliyaga qochib ketdi.

Karlos Ghosn 1954-yil 9-martida Porto Veloda tugʻilganGhosn, Carlos. SHIFT: Inside Nissanʼs Historic Revival. Crown Publishing Group, 2006. Chapter 1 (excerpt).. U ikki yoshga toʻlganida, u notoza suvni isteʼmol qilgandan keyin kasal boʻlib qoldi va onasi Rio-De-Janeyroga koʻchib oʻtdi. U yerda u toʻliq tiklanmadi va 1960-yilda, Ghosn olti yoshida, onasi va singlisi bilan birga Beyrut, Livanga koʻchib oʻtdi, u yerda buvisi va boshqa ikki opasi yashagan.

Ghosn Livanda, Notre Dame De Jamhur kolleji Jesuit oʻrta maktabni bitirgan. Keyin u Parijda, Stanislas kolleji va Saint-Louis litseyida tayyorlov kurslarini tugatdiGhosn, Carlos. SHIFT. p. 9.. 1974-yilda Politexnika maktabi muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan va 1978-yilda Parij togʻ-kon maktabini tugatganCarlos Ghosn. LinkedIn.Carlos Ghosn: Chairman and Chief Executive Officer, Nissan Motor Co., Ltd. NissanUSA.com. Retrieved 22-noyabr 2014-yil..

Faoliyati

Michelin right|thumb| Karlos Ghosn, Yaponiya, Kyushudadagi Nissan zavodida jurnalistlar savollariga javob bermoqda. (2011-yil sentabr) 1978-yilda universitetni tugatgandan soʻng, Ghosn 18 yilni Yevropaning eng yirik shinalar ishlab chiqaruvchi Michelin kompaniyasida oʻtkazdi, birinchi navbatda Fransiya va Germaniyada bir nechta fabrikalarda oʻqidi va ishladiGhosn, Carlos. SHIFT. pp. 18-23.. 1981-yilda Fransiyaning Le Puy-en-Velay shahridagi zavod direktori boʻldiGhosn, Carlos. SHIFT. p. 24.. 1984-yilda u kompaniyaning sanoat shinalari boʻlinmasining tadqiqot va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi etib tayinlandiGhosn, Carlos. SHIFT. p. 27..

1985-yilda, Ghosn 30 yosh toʻlganida, Janubiy Amerika Michelin operatsiyalarining bosh ijrochi direktori (COO) etib tayinlandiKase, Kimio; Sáez-Martinez, Francisco J.; Riquelme, Hernán. Transformational CEOs: Leadership and Management Success in Japan. Edward Elgar Publishing, 2005. p. 125.. Rio-De-Janeyroga qaytdi. Toʻgʻridan-toʻgʻri François Michelenga boʻysunib, undan foydasiz Braziliya giperinflyatsiyasi bilan kurashayotgan kompaniya faoliyatini isloh qilish topshirigʻini oldi. Ghosn Janubiy Amerika boʻlimida ishlaydigan fransuz, braziliyalik va boshqa millatlar orasida eng yaxshi amaliyotlarni aniqlash uchun oʻzaro faoliyat funktsional boshqaruv guruhlarini tuzdiMuller, Joann. „The Impatient Mr. Ghosn“. Forbes. 12-may 2006-yil.. Braziliyaning koʻp madaniyatli tajribasi uning madaniyatlararo boshqaruv uslubi va xilma-xillikka biznesning asosiy aktivi sifatida urgʻu beradi„Carlos Ghosn Promotes Diversity in Business“ . AUBulletin Today. American University of Beirut. October 2007, Vol. 9 No. 1.. Ghosn „Siz xilma-xillikdan oʻrganasiz … lekin siz umumiylikdan taskin topasiz“ der edi. Boʻlinma ikki yil ichida foyda qilishga qaytdiGhosn, Carlos. SHIFT. p. 34..

Michelin Janubiy Amerika boʻlinmasi isloh qilingandan soʻng, Ghosn 1989-yilda Michelin Shimoliy Amerika prezidenti va bosh ijrochi direktori (COO) etib tayinlandi va Janubiy Karolina shtatining Grinvil, shahriga oilasi bilan koʻchib oʻtdi. 1990-yilda kompaniya Michelin Shimoliy Amerika bosh boshqaruvchisi (CEO) etib tayinlandi Ghosn Uniroyal Goodrich shina kompaniyasi sotib olinganidan keyin, kompaniyani qayta qurish boʻyicha ishlarga rahbarlik qildiGhosn, Carlos. SHIFT. pp. 38-43...

Xususiylashtirilgandan keyingi Renault 1996-yilda Ghosn Renault kompaniyasida sotib olish, ilgʻor tadqiqotlar, muhandislik va rivojlanish, kuch agregatlarini ishlatish va ishlab chiqarish boʻyicha ijrochi vitse-prezident boʻldi; u Mercosurda joylashgan Janubiy Amerika Renault boʻlinmasini boshqarganGhosn, Carlos. SHIFT. p. 59.. Ghosnning Renault tuzilishini radikal oʻzgartirishi 1997-yil davomida kompaniyaning foydaga kirishiga olib keldiGhosn, Carlos. SHIFT. p. xvii.. François Michelen rahbarligida muvaffaqiyatlarini, Ghosn yaqinda xususiylashtirilgan Renault bosh boshqaruvchisi qoʻl ostida ham takrorladi.

Nissan va Renault-Nissan ittifoqi 1999-yil mart oyida Renault va Nissan Renault-Nissan Ittifoqni tuzdilar va 1999-yil may oyida Renault Nissanning 36,8 foizini sotib oldiRenault-Nissan Allance, December 2005 (handbook) . Nissan-Global.com. p. 40.. Renaultda oʻz vazifalarini saqlab qolgan holda, Ghosn 1999-yil iyun oyida bosh ijrochi direktori (COO) sifatida Nissanga qoʻshildi, 2000-yil iyunda uning prezidenti boʻldi va 2001-yil iyunda bosh boshqaruvchisi (CEO) etib tayinlandi. Kompaniyaga qoʻshilganda, Nissan 20 milliard dollardan ortiq (2 trillion yendan ortiq),Kase, Kimio; Sáez-Martinez, Francisco J.; Riquelme, Hernán. Transformational CEOs: Leadership and Management Success in Japan. Edward Elgar Publishing, 2005. p. 122. va Yaponiyada sotiladigan 46 modellarining faqat 3tasi foyda keltirar ediAlliance Facts & Figures 2008 . Nissan-Global.com. 2008.. Kompaniyaning choʻkayotgan holatidan qutqarish deyarli mumkin emas ediThornton, Emily and Kathleen Kerwin. „Nissan Is Back In The Mud“ . Businessweek (International Edition). 1-noyabr 1998-yil.Thornton, Emily. „The Debt Thatʼs Dragging Nissan Downhill“. Businessweek (International Edition). 4-aprel 1999-yil.„Nissan triples loss forecast“ . CNNMoney. 16-aprel 1999-yil.„Renissant?“. The Economist. 18-mart 1999-yil..