Hillel (Harry) Furstenberg ( () (1935-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-isroillik matematik. Furstenberg ehtimollar nazariyasi hamda ergodik teoriyani matematikaning boshqa sohalariga, jumladan, sonlar nazariyasi hamda Lie guruhlariga tatbiq qilib tanilgan. 2006/07-yilgi Wolf mukofoti hamda 2020-yili Abel mukofoti bilan bilan taqdirlangan.
Furstenberg 1935-yil Germaniyada tugʻilgan. 1939-yil oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan. 1955-yil Yeshiva universitetini tamomlagan. 1958-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. Avvaliga Minnesota universitetida, 1965-yildan Quddus yahudiy universitetida ishlagan.
Furstenberg 1955-yil tub sonlar cheksizligini yangicha topologik isbotini taklif qilgan. 1977-yil Szemerédi teoremasini isbotlagan. Furstenberg–Sárközy teoremasi uning nomi bilan ataladi.
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari