Hrithik Roshan (1974-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — hind aktyori. U turli xil personajlarni mohirona tasvirlab bera olishi hamda raqslari tufayli mashhurlikka erishgan. U Hindistonning eng koʻp pul topuvchi aktyorlaridan biri hamdir. 6 marta Filmfare mukofotlarini qoʻlga kiritgan (shundan 4 tasi „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha). 2012-yildan buyon u Forbes India jurnalining eng boy 100 hind roʻyxatidan tushmay kelmoqda.
Dastlabki yillari Hrithik Roshan Bombeyda kinoijodkorlar oilasida tavallud topgan. Uning ota tomondan kelib chiqishi panjob va bengaliyalik. Ota tomondan buvisi Ira Roshan bengal edi. Uning otasi Rakesh Roshan mashhur Bollywood prodyuseri boʻlib, musiqa direktori Roshanlal Nagratxning oʻgʻli edi. Onasi Pinki esa prodyuser Jay Om Prakashning qizi edi. Amakisi Rajesh Roshan ham musiqa bastakori boʻlgan. Oilada Hrithikdan tashqari Sunayna ismli qiz ham bor edi. Hrithik bolaligida Bombeydagi Shotlandiya maktabida tahsil olgan. Hrithik Roshanning oʻng qoʻlida tugʻma 6-barmoqning boʻlishi uni tengdoshlaridan ajrab qolishiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari uning nutqida ham duduqlanish muammosi bor edi. U yoshlikdan nutq terapiyasi olishga majbur boʻladi. Hrithik birinchi marta bosh rolni Jetendr ijro etgan „Aasha“ (1980) filmida raqqos bolalar safida filmga tushdi. Bobosi Prakash rejissyorlik qilgan film uning keyingi shuhratiga yoʻl ochishi mumkin edi. Ammo 20 yoshida unga umurtqa pogʻonasi egriligi tashxisi qoʻyilgach, u kaskadyorlik va raqqoslik faoliyatidan voz kechishga majbur boʻladi. Moʻjiza tufayli sogʻligi tiklangan Hrithik Mumbaydagi Sidendam iqtisodiyot kollejida tahsil oladi va 1993-yildan boshlab otasiga turli filmlarni suratga olishida yordamchi boʻladi. Aktyorlik sirlarini hind aktyori Kishori Namit Kapurdan oʻrgana boshlaydi.
Faoliyati 1980-yilda „Aasha“ („Umid“) filmida;
1980-yilda „Aap Ke Deewane“ filmida;
1981-yilda „Aas Paas“ filmida;
1986-yilda „Bhagwaan Dada“ filmida;
2000-yilda „Kaho Naa… Pyaar Hai“, „Fiza“, „Kashmir missiyasi“ filmlarida;
2001-yilda „Xotiralar“, „Gohi shodlik, gohi gʻam“ filmlarida;
2002-yilda „Aap Mujhe Achche Lagne Lage“, „Na Tum Jaano Na Hum“, „Mujhse Dosti Karoge!“ filmlarida;
2003-yilda „Biz yolgʻiz emamsiz“ ("Krrish); „Men Prem ishqida devonaman“ filmlarida;
2004-yilda „Lakshya“;
2006-yilda „Krrish 2“, „Tezlik 2“, „Men seni koʻryapman“ filmlarida;
2007-yilda „Om Shanti Om“ filmida;
2008-yilda „Krazzi 4“, „Jodxa va Akbar“ filmlarida;
2009-yilda „Tasodifiy omad“ filmida;
2010-yilda „Guzaarish“ filmida;
2011-yilda „Don 2“ filmida;
2012-yilda „Olovli yoʻl“ filmida;
2013-yilda „Krrish 3“ filmida;
2014-yilda „Bang bang“ filmida;
2015-yilda „Hey Bro“ filmida;
2016-yilda „Moxenjodaro“ filmida;
2017-yilda „Kaabil“ filmida;
2019-yilda „Super 30“, „Urush“ filmlarida turli rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
2000-yil 20-dekabrda Hrithik Roshan Bangalorda hind musulmon aktrisasi Syuzan Xonga uylandi. 14 yillik turmush davomida ularning Xrexan (2006) va Xridxan (2008) ismli 2 oʻgʻil koʻradilar. 2014-yilda ular ajrashib ketadilar.
Filmografiyasi Films +Key Denotes films that have not yet been released + Nomi Yil Rol Rejissor(lar) IzohlarManbalarAasha 1980 IsmsizAap Ke Deewane1980 Young Rahim Uncredited appearanceAas Paas1981 Unnamed Uncredited appearance in song „Shehar Main Charchi Hai“Aasra Pyaar Da1983UnknownPunjabi filmUncredited appearanceBhagwaan Dada 1986 GovindaKhudgarz 1987 Assistant directorKing Uncle 1993 Assistant directorKaran Arjun 1995 Assistant directorKoyla 1997 Assistant directorKaho Naa... Pyaar Hai 2000 Rohit/Raj ChopraFilmfare Award for Best Actor Filmfare Award for Best Male DebutFiza 2000 Nominated—Filmfare Award for Best Actor Mission Kashmir 2000Yaadein 2001Kabhi Khushi Kabhie Gham...2001 Nominated—Filmfare Award for Best Supporting Actor Aap Mujhe Achche Lagne Lage 2002 RohitNa Tum Jaano Na Hum 2002Mujhse Dosti Karoge! 2002Main Prem Ki Diwani Hoon 2003Koi... Mil Gaya 2003Rohit Mehra Filmfare Award for Best ActorFilmfare Critics Award for Best ActorLakshya 2004 Nominated—Filmfare Award for Best ActorKrrish2006Krishna Mehra / Krrish & Rohit Mehra Nominated—Filmfare Award for Best Actor Dhoom 22006 Aryan/Mr.A Filmfare Award for Best ActorI See You2006Unknown Special appearance in song „Subah Subah“Om Shanti Om2007 Himself Special appearanceJodhaa Akbar2008 Filmfare Award for Best ActorKrazzy 42008Unknown Special appearance in song „Krazzy 4“Luck by Chance2009Kites2010 Also playback singer for song „Kites in the Sky“Guzaarish2010Nominated—Filmfare Award for Best ActorZindagi Na Milegi Dobara2011Nominated—Filmfare Award for Best ActorDon 22011Don Special appearanceAgneepath2012 Nominated—Filmfare Award for Best ActorMain Krishna Hoon2013 Himself Cameo appearanceKrrish 32013Krishna Mehra / Krrish & Rohit Mehra Nominated—Filmfare Award for Best ActorBang Bang!2014 Nominated—Filmfare Award for Best ActorHey Bro2015 Himself Special appearance in song „Birju“Mohenjo Daro 2016 SarmanKaabil 2017 Nominated—Filmfare Award for Best ActorHrudayantar 2017 HimselfMarathi filmCameo appearanceHrithik Roshanʼs Marathi debut Hrudayantar to hit theatres in June Super 30 2019Vikas Bahl Also playback singer for song „Question Mark“War 2019Kabir LuthraSiddharth Anand Manbalar
Havolalar
Hrithik Roshan Bollywood Hungamada
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindistonlik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar