Timothy Gowers () (1963-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — britaniyalik matematik. Funksional analiz va kombinatorika sohalaridagi ishlari tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Gowers 1981-yil Xalqaro matematika olimpiadasida maksimal ball toʻplab, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1990-yil Cambridge universitetidan PhD darajasini olgan. 1991–1995-yillarda London kollej universitetining matematika fakultetida ishlagan.
Gowers oddiy odamlar tushuna oladigan tilda matematika boʻyicha bir necha kitob yozgan, jumladan „Matematika: Qisqa kirish“ () kitobini. 2009-yil oʻz blogida dunyoning turli burchagidagi matematiklarga hamkorlikda murakkab masalalar yechish imkonini beruvchi „Erudit“ loyihasiga () asos solgan.
Turkum:Fields medali sovrindorlari