Quentin Tarantino (talaffuzi: Kvetin Taratino)(27-mart 1963-yil) — Amerikalik aktyor va rejissor. 1992-yildan 2019-yilgacha 9 ta badiiy film suratga olgan.
Hayoti Quentin Jerome Tarantino 1963-yil 27-martda AQSHning Noksvill shahrida tugʻilgan. Uning onasi hindularning cheroki qabilasidan, otasi esa italiyalik. Kventinning ota-onasi u tug‘ilishidan oldin ajrashgan va u hech qachon otasi bilan uchrashmagan. Onasi qayta turmushga chiqqan va Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan.
17 yoshida o‘quvchi maktabni tashlab, aktyorlik maktabiga kirgan va bir vaqtning o‘zida ham o‘qib ishlay boshlagan. U ko‘p joylarda pul topishga harakat qilgan va nihoyat omad kulib boqqan. Tarantino Manxettendagi video do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga kiradi. Uning taqdirida baxtli o‘zgarishlar bo‘la boshladi. Kventin Roger Avary bilan do‘konda uchrashdi va ular birga ishlay boshladilar. Keyinchalik Roger Avary Tarantinoni “Oʻldiruvchi Zoya” filmiga olib keldi. U ushbu filmda rejissyor bo‘lib ishladi va hatto epizodlar uchun bir nechta ishlanmalar yozdi. O‘sha paytda u o‘z asarida rol o‘ynashni xohlayotganini his qildi.
1988-yili Roger Avary bilan birgalikda oʻzining ilk ssenariysi “Hamma narsani yutib yuboradigan ehtiros”ni yozdi. Ular 3 yil suratga olish uchun mablagʻ topishga harakat qilishadi. Nihoyat, ular rejissyor Thomas Skottni oʻz gʻoyasi bilan qiziqtira oladi. Tarantino bu ssenariy uchun 50 ming dollar oldi.
Tarantinoning keyingi ssenariysi asosidagi “Tugʻma qotillar” filmini taniqli rejissyor Oliver Stone suratga oldi. Ushbu filmning muvaffaqiyatidan soʻng Tarantino Oliver Stonega “Quturgan itlar” (inglizcha: Reservoir Dogs) nomli yana bir ssenariy taklif qiladi. Biroq rejissyorning undan asl nusxaga bir qator oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishi ularning yoʻllarini ayro qiladi. Va nihoyat Tarantinoga Life Entertainment kompaniyasi unga kerak boʻlgan 1,5 mln dollarni berdi. Film muvaffaqiyati kutilgandan ham aʼlo darajada boʻladi. Filmdan tushgan umumiy daromad esa 20 mln dollardan oshdi. Biroq Angliyada mazkur film juda koʻp zoʻravonlik sahnalarini oʻz ichiga olgani sababli taqiqqa uchragan. Film namoyishi Parijdagi “Utopiya” kinoteatrida esa bir yarim yil davomida toʻxtamadi. Muallif oʻz filmini Cannes kinofestivalida taqdim etishga urinib koʻrdi, lekin faxriy mukofot oldi xolos. Shundan soʻng Tarantino Amsterdamga koʻchib oʻtdi. Turar joyni oʻzgartirish unga “Jinoiy asar” (inglizcha: Pulp Fiction) deb nomlangan yangi ssenariy ustida ishlash uchun kerak edi. Bu film Francis Coppolaning mashhur “Choʻqintirgan ota” filmiga hurmat sifatida yaratilgan. +FilmografiyasiFilm nomiOʻzbek tilidagi tarjimasiNamoyish etilgan yiliReservoir DogsQuturgan itlar1992-yilPulp FictionJinoiy asar1994-yilJackie BrownJeki Braun1997-yilKill Bill: Volume 1Billning qotili2003-yilKill Bill: Volume 2Billning qotili-22004-yilDeath ProofO‘lim isboti2007-yilInglourious BasterdsManfur kimsalar2009-yilDjango UnchainedOzod Jango2012-yilThe Hateful EightJirkanch sakkizlik2015-yilOnce Upon a Time in HollywoodBir paytlar Gollivudda2019-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar