Lars Valter Hörmander () (24-yanvar 1931-yil - 25-noyabr 2012-yil) — shvetsiyalik matematik. Hörmander „chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar boʻyicha zamonaviy nazariyiga eng salmoqli hissa qoʻshgan shaxs“ deb eʼtirof etiladi. Hörmander 1962-yilda Fields medali, 1988-yilda Wolf mukofoti va 2006-yilda Leroy P. Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Uning „Chiziqli xususiy hosilali differensial operatorlar I-IV“ kitobi ushbu sohada eng qoʻllaniladigan asardirLars Hörmander Receives 2006 AMS Steele Prize for Mathematical Exposition . American Mathematical Society..
Hörmander 1955-yil Lund universitetida doktoranturani tamomlagan. Soʻngra u Stockholm va Stanford universitetlarida hamda New Jersey shtatining Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1968–1996-yillarda Lund universitetida dars bergan.
Hörmander 1968-yil Shvetsiya qirolli fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2012-yil Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan, ammo roʻyxat eʼlon qilinishidan oldin olamdan oʻtgan before the list of fellows was released.List of Fellows of the American Mathematical Society, retrieved 2013-01-21..
Manbalar
Turkum:Fields medali sovrindorlari