Xromakey (; soʻzma-soʻz tarjimasi — „ranglar kaliti“) — ikki yoki undan ortiq tasvirni/kadrni bir kompozitsiyada birlashtirish texnologiyasi. Bunda tasvir yashil yoki koʻk fonda olinadi, keyin xromakey yordamida uning foni „oʻchirib tashlanadi“ (aniqrogʻi, fondagi muayyan rang diapazoni shaffoflik holatiga keltiriladi) va oʻrniga boshqa tasvir qoʻyiladi. Suratga olishda tasvirning fon rangi ixtiyoriy rang boʻlishi mumkin, yaʼni yashil yoki koʻk boʻlishi majburiy emas, ammo odatda yashil yoki koʻk rang afzal koʻriladi, sababi inson tanasining rangini ushbu ranglarda ajratib olish oson boʻladi. Xromakey asosan kino va video oʻyin sanoatida ishlatiladi.
Manbalar
Turkum:Kino va video texnologiyalari Turkum:Televideniye terminologiyasi Turkum:Televideniye texnologiyasi Turkum:Kino va video terminologiyasi