Norboyeva Tanzila Kamolovna (1957-yil 24-iyul) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezidenti (2011-yildan).

Biografiyasi 1957-yil 24-iyulda Аndijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, 1981-yilda Toshkent universitetini bitirgan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Ish faoliyatini 1974-yilda Аndijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan.

1975—1995-yillarda Toshkent shahrida maktab oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari va Toshkent shahar oʻquvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

1995—2010-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2010—2016-yillari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.

2016—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2019-yil 20-iyunda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatining aʼzosi etib tayinlandi. 21-iyun kuni Senat raisi etib saylandi.

Fidokorona xizmatlari uchun, Mehnat shuhrati ordenlari va Shuhrat medali bilan bilan taqdirlanganPF-4237-son 25.08.2010. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida.

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari