Amber Laura Heard (; 22-aprel 1986-yilda tugʻilgan) amerikalik film va televideniye aktrisasidir. Film va televideniyedagi kichik rollaridan soʻng, Heard ilk marotaba All the Boys Love Mandy Lane (2006) dahshatli filmida rol ijro etdi. Keyinchalik, Never Back Down (2008) jangari filmidagi va Pineapple Express (2008) komediyasidagi ikkinchi darajali rollari unga shuhrat keltirdi. Keyingi yillarda, u The Joneses (2009), The Ward (2010), The Rum Diary (2011), Drive Angry (2011), Machete Kills (2013) va Magic Mike XXL (2015) kabi filmlarda suratga tushgan.

2017-yildan boshlab Heard DC Kengaytirilgan Koinotining Adolat Ligasi (2017), Aquaman (2018) va Zack Snyder's Justice League (2021) kabi superqahramonlar haqidagi filmlarida filmlarida atlantislik qirolicha Mera qahramonini jonlantirdi. Aktrisalikdan tashqari, Heard 2018-yildan buyon kosmetik mahsulotlar giganti boʻlmish L'Oréal Paris shirkatining global miqyosdagi vakilidir. U yana inson huquqlari aktivizmi bilan ham shugʻullanadi.

Heard 2015-yilda aktyor Johnny Depp bilan turmush quradi, biroq ular 2017-yilda ajrashishadi. Ularning ajrashishi ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi, negaki Heard Deppni munosabatlari davomida koʻp marotaba haqorat qilgan deya asossiz daʼvo qilgan. Heardning oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlish haqida yozgan op-eddan soʻng, Depp uni 2019-yilda tuhmat qilayotganlikda ayblab, sudga berdi. U yana Angliyadagi The Sun nashriytini ham tuhmat ishi boʻyicha sudga berdi.

thumb|upright|right|Heard 2009-yilgi Toronto xalqaro film festivalida.

Filmografiyasi

Kino Yil Nomi Rol Izohlar 2004 Friday Night Lights Maria 2005 Side FX Shay Drop Dead Sexy Candy North Country yosh Josey Aimes 2006 Price to Pay Trish Alpha Dog Alma All the Boys Love Mandy Lane Mandy Lane 2007 Spin Amber Day 73 with Sarah Mary qisqa hajmli film Remember the Daze Julia Ford 2008 Never Back Down Baja Miller The Informers Christie Pineapple Express Angie Anderson 2009 ExTerminators Nikki Jenn Jones Zombieland 406 Choʻqintirgan ota Kelly Porter 2010 And Soon the Darkness Stephanie hamproduser The River Why Eddy The Ward Kristen 2011 Drive Angry Piper Chenault 2013 Syrup Six ijrochi produser Paranoia Emma Jennings Machete Kills Miss San Antonio(San Antonio goʻzali) 2014 3 Days to Kill agent Vivi Delay 2015 The Adderall Diaries Lana Edmond One More Time Jude Magic Mike XXL Zoe The Danish Girl Ulla Paulson 2017 I Do… Until I Donʼt Fanny Adolat Ligasi Mera 2018 Her Smell Zelda E. Zekiel London Fields Nicola Six 2013-yilda suratga olingan. Aquaman Mera 2019 Gully Joyce 2021 Zack Snyder's Justice League Mera 2022Aquaman and the Lost KingdomFilming

Televideniye Yil Nomi Rol izohlar2004 Jack & Bobby Liz Qism: „Pilot“ The Mountain Riley Qism: "A Piece of the Rock" 2005 Savdo xodimasi Qism: „Mallpisode“ 2006 Criminal Minds Lila Archer Qism: „Somebody’s Watching“2007 Californication Amber Qism: „California Son“ Hidden Palms Greta Matthews 8 ta qism 2010 The Cleveland Show Oʻzi (ovoz bergan) Qism: „Beer Walk!“2011 Top Gear Oʻzi Qism: „Episode #16.5“ Bunny Maureen 7 ta qism 2015 Overhaulin' Oʻzi Qism: „In Too Depp“ Serena Telefilm 2020-2021 The Stand Nadine Cross 7 ta qism

Musiqiy videolar Yil Nomi Artist 2003 „There Goes My Life“ Kenny Chesney 2005 „I Wasnʼt Prepared“ (1-versiya) Eisley

Manbalar

Havolalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik ateistlar