Yandama () – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN Yandama haqida ilk manbalar XIX asr oxirlarida uchraydi. Yandama soʻzi eski oʻzbek tilida „yon doma“-"yon bagʻirlik"degan maʼnoni bildiradi. Buning sababi qishloq togʻ va qirliklar yonida joylashganini sabab sifatida keltirish mumkin. 1939-yilgi Katta Fargʻona kanalining qurilishi bilan aholi soni ortib borgan. Hozirgi kunda qishloqda 1300 dan ortiq xonadon mavjud, aholisi asosan dehqonchilik, bogʻdochilik, tikuvchilik va savdo-sotiq bilan shugʻulanadi, qishloqda bitta maktab (16-sonli), bitta oilaviy poliklinika, bolalar musiqa maktabi (10-sonli), Jome masjid va juda koʻp doʻkonlar, bita supermarket, umumiy ovqatlanish joylari va boshqalar mavjud boʻlib tumanda ishlab chiqarish va savdo sotiq boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallaydi.

Turkum:Toʻraqoʻrgʻon tumani Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar