„Teenage Mutant Ninja Turtles“ () — superqahramonlar haqidagi multserial. Mirage Studios, 4Kids Entertainment studiyalari mahsuloti. Kevin Eastman va Peter Laird yaratgan ayni nomdagi personajlar asosida ishlangan. Multserial 2003-yil 8-fevralda birinchi marta efirga uzatilgan va 2009-yil 28-fevralgacha berib borilgan. Bu vaqt davomida 7 ta mavsumga boʻlinib, jami 155 ta epizod tayyorlangan.

Epizodlar Mavsum Epizodlar soni Premyera Birinchi Oxirgi Telekanal 1 26 Fox 2 26 3 26 4 26 5 Ninja Tribunal 12 6 Fast Forward 26 7 Back to the Sewer 13 The CWTurtles Forever

Personajlar thumb|225px|Leonardo nindzyalar bilan jang qilyapti („Shredder Strikes Back: Part One“ epizodidan).

Asosiy Donatello (Sam Riegel) — bilimdon, oqil toshbaqa. Turli-tuman gadjetlar yaratish bilan shugʻullanadi. Binafsharang maska taqadi. Janglarda aso ishlatadi. Leonardo (Michael Sinterniklaas) — toshbaqalar lideri; dovyurak, sadoqatli toshbaqa. Koʻk maska taqadi. Janglarda tigʻli qilich ishlatadi. Raphael () (Greg Abbey) — tajovuzkor toshbaqa. Qizil maska taqadi. Janglarda say ishlatadi. Michelangelo () (Wayne Grayson) — betashvish, muloyim toshbaqa. Boʻsh vaqtlarida komikslar oʻqishni, pitsa yeyishni, televizor tomosha qilishni xush koʻradi. Zargʻaldoq rangli maska taqadi. Janglarda nunchakidan foydalanadi. Splinter (Darren Dunstan) — mutant kalamush, toshbaqalarning ustozi. April ONeil () (Veronica Taylor) — inson; toshbaqalarning doʻsti. Oʻtmishda doktor Stockman () qoʻl ostida laborant boʻlib ishlagan. Multserial oxirida Casey Jones () ga turmushga chiqadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:Animatsion teleseriallar Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2000-yillar animatsion teleseriallari