Sherlock Holmes: Soyalar oʻyini, 2011-yilda distributor Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan jangari film. Film gʻoyasi Arthur Conan Doyle'ning shu nomli personajiga asoslangan boʻlib, kartina 2009-yilda ishlangan Sherlock Holmes filmining davomi hisoblanadi.

Syujeti Avstriya tojining shahzodasi oʻlik holda topilgach, inspektor Lestreyd bu oʻz joniga qasd qilish degan fikrga keldi. Lekin Sherlock Holmes bu shunchaki qotillik emas Professor Moriarti boshlagan katta qonli oʻyinning bir boʻlakchasi ekanligini bilar edi. Bu ikki ulkan aql sohiblarining jangi boshlanadi. Holmes, Moriartiʼning izidan yaqin doʻsti Watson va Sim bilan butun Yevropani aylanishadi. Ularning barcha harakatlari tarix sahifalarini oʻzgarishiga olib kelishi mumkin edi.

Rollarda Robert Downey Jr. roli Sherlock Holmes Jude Law roli Dr. John Watson Jared Harris roli Professor James Moriarty Noomi Rapace roli Madame Simza Heron Stephen Fry roli Mycroft Holmes Kelly Reilly roli Mary Morstan Rachel McAdams roli Irene Adler Eddie Marsan roli Inspector Lestrade Paul Anderson roli Sebastian Moran Geraldine James roli Mrs. Hudson Thierry Neuvic roli Claude Ravache Fatima Adoum roli Manouche Wolf Kahler roli Dr. Hoffmanstahl Affif Ben Badra roli Tamas Morato

Manbalar

Havolalar

Turkum:2011-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh triller filmlari