„Mening Yurtim“ (qisqacha „MY5“ bilan tanilgan) — Oʻzbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Ushbu kanal faoliyatini 2014-yil 12-noyabrdan boshlagan.

Nomi „MY5“ qisqartmasi oʻzida soʻz oʻyinini mujassam etadi: Birikma „Mening Yurtim“ soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, u Vatanga sadoqatni anglatadi. „My“ soʻzi ingliz tilidan tarjima qilinganida „mening“, „menga tegishli“, „meniki“, „menga mansub“ maʼnolarini anglatadi. „5“ raqami esa, ishlar aʼlo darajadaligini ifodalovchi koʻrsatkichdir.

Faoliyati 12-noyabr 2014-yildan oʻz faoliyatini boshlagan yangi „Mening yurtim“ nodavlat telekanali shu yilning dekabr oyidan toʻliq efirda namoyish etila boshlangan Hozirgi kunda „Markaziy studiya“Markaziy studiya koʻrsatuvi sonlariMY5 otreagiroval na soobщeniya o suitside devushki posle sʼemki skritoy kameroyRayhon Gʻanieva My5 telekanalining „Markaziy studiya“ koʻrsatuviga intervyu berdi, „Hashtag“Hashtag koʻrsatuvi IT-Life bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.Hashtag koʻrsatuvi sonlari, „Like bos“Like bos koʻrsatuvi sonlari, „Yashirin kamera“, „Muzqaymoq Party“, „Hudud“, „Diydor shirin“, „Xush koʻrdik“, „Happy time“, „Kinolife“, „25-kadr“, „Eʼtibor markazida“ kabi koʻrsatuvlari xalq orasida mashhurlikka erishdi.

Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan anʼanaviy tashkil etiladigan „Oltin qalam“ mukofoti uchun 2019-yildagi xalqaro tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimida televideniye yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻringa „Mening yurtim“ telekanalining „Markaziy studiya“ dasturi sazovor boʻldi. Sarvar Bahoridov, Amirxon Umarov, Jaloliddin Mirzayev, Hilola Isoqova, kabi yosh ijodkorlardan iborat jamoa yoshlarga oid davlat siyosatini keng targʻib qilish bilan birga xalqimiz turmush tarzini farovon qilish yoʻlida qator tahliliy-tanqidiy materiallarni efirga uzatib kelmoqda„Oltin qalam“ XIV Milliy mukofoti gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi„Oltin qalam“ XIV milliy mukofoti: Gʻoliblar taqdirlandi!.

„Mening Yurtim“ telekanalida 2026-yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk marotaba butun dunyodagi vatandoshlar ishtirok eta oladigan “Musofir shou” kapital shousiga start berildi. „Musofir shou“ — O‘zbekistonda va xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklarni yagona raqamli platforma orqali birlashtirishga qaratilgan ko‘ngilochar-ijtimoiy loyiha bo‘lib, unda ishtirok etish jarayoni to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. Loyiha doirasida ishtirokchilar „Biz Media“ platformasiga obuna bo‘lish orqali maxsus identifikatsiya raqamini qo‘lga kiritadi va g‘oliblar jonli efirda tasodifiy tanlash dasturi yordamida aniqlanadi. Shou sovrinlari qatoriga pul mukofotlari, maishiy texnika vositalari va avtomobillar kiradi. Manbalar

Havolalar MY5 TV rasmiy sahifasi Telegramda MY5 SERIAL rasmiy sahifasi Telegramda „Markaziy studiya“ rasmiy sahifasi Telegramda „Hashtag“ rasmiy sahifasi Telegramda Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Twitterda Rasmiy sahifasi Instagramda Rasmiy videolari YouTubeda

Turkum:Televideniye Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari