Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov (; 16-may, 1977-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarining sobiq prezidenti.

Hayoti 1977-yilning 16-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini imtiyoz bilan tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining deputati. Mehnat faoliyatini 1995-yil „Zenit“ firmasida oddiy ishchi sifatida boshlagan. 1995—2001-yillar davomida „Ilmu Ziyod“ xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida operator boʻlib ishladi. 1998—2002-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi boʻlgan. 2001—2002-yillarda „Olimpiya“ jamiyatida avtosanoat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi. 2002-yil Oʻzbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007-yilga kelib, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi va bir vaqtning oʻzida tashkilot raisining oʻrinbosari boʻldi. 2007-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Bir vaqtning oʻzida "Paxtakor" klubida avvaliga bosh direktor, keyinroq vitse-prezident sifatida ham faoliyat olib bordi. 2017-yilning 12-sentyabridan 2018-yil 10-yanvargacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti. 2018-yil 10-yanvardan 2019-yil 25-maygacha – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti. 2018-yil 28-yanvardan 2019-yil 24-aprelgacha Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti. 2019—2020-yillarda – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻlgan. 2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Toshkent shahar Kengashi deputatlari