Mamarizo Nurmurodov (Mamarizo Nurmurodov) — oʻzbek davlat arbobi, siyosati. Oʻzbekiston respublikasi moliya vaziri, Markaziy bank raisihttps://bank.uz/publish/doc/text132958_mamarizo_nurmuratov_naznachen_predsedatelem_pravleniya_centralnogo_banka, Samarqand viloyati hokimi boʻlib ishlagan.

Biografiyasi

1960-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan.

1977-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutiga kirgan.

1982-yilda Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini bitirgan.

1982-1985 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti oʻqituvchisi.

1985-1988 — Moskva moliya instituti aspiranti.

1989-1993 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti dotsenti.

1993-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ilmiy tadqiqotlar markazi direktori.

1996-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari.

2000-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2004-2006 — Samarqand viloyati hokimi.

2006-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining maslahatchisi.

2017-yildan 2024-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi boʻlib faoliyat yuritgan .

2024-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining maslahatchisi. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar