Sen yetim emassan, 1962-yilda suratga olingan kinoqissa. Oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Rahmat Fayziyning shu nomli qissasi asosida suratga olingan. 1970-yilda yozuvchi ushbu kinoqissa ustidagi ijodiy ishini davom ettirib, urush yillarida 14 yetim bolani oʻz bagʻriga olgan va ularga mehr-muruvvat koʻrsatgan kishilar jasoratiga bagʻishlangan „Hazrati inson“ romanini yaratgan.

Tavsifi Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib,Film „Ti ne sirota“ na telekanale „Kultura“ Toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Baxri Akramovalarning Ikkinchi jahon urushi paytlarida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olganliklari haqida hikoya qiladi.

Film mukofotlari 1963-yilda Frankfurtdagi Xalqaro kino festivali mukofoti sohibi boʻlgan. 1964-yilda Leningradda oʻtkazilgan birinchi Butunittifoq kinofestivalida yozuvchi Rahmat Fayziy „Eng yaxshi ssenariy“ uchun mukofot sohibi boʻlgan. 1972-yilda „Sen yetim emassan“ va Toshkent — non shahri filmlari uchun, Shuhrat Abbosov Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofotiga sazovor boʻlgan. 1974-yilda „Sen yetim emassan“ va „Abu Rayhon Beruniy“ filmlari uchun, Shuhrat Abbosov Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

Rollarda

Lutfi Sarimsoqova — Fotima opa Obid Jalilov — Mahkam ota Gena Tkachenko — Ivan Fima Kaminer — Abram Larisa Luppian — Dzidra Lyudmila Porechina — Liyana Robert Otabekov — Kolya Abil Azizov — Sarsenbay Jenya Artishevskiy — Taras Valeriy Rojayev — Renat Lilya Penkova — Lesya Natasha Mitroxina — Nadya Natalya Nikonova — Ganka Nina Ivanova — Marina Mohira Ahmedova — Barno Pyotr Kolesnikov — Gustav Pavel Shaxov — naynov Narimon Latipov — Botir Eve Kivi — qizini izlab kelgan ona Rahim Pirmuhamedov — pora oluvchi chiptachi Yulduz Rizayeva — epizod Yuriy Slutskiy — epizod Ivan Kurskix — epizod Tamara Nazarova — epizod

Manbalar

Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:1962-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston SSR filmlari Turkum:Shuhrat Abbosov filmlari