Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (; 1993-yil 24-iyun, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – eng yengil vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan.

Hayoti

thumb|270px|Rio 2016 yozgi olimpiada finalidagi jangi. Koʻk libosda Hasanboy, qizilda esa – Martines

Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev. Bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Andijon davlat universitetida tahsil olgan.

Havaskor boksdagi faoliyati Doʻstmatov 2009-yilda Qozogʻistonda Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallab, oʻzining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yettinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang oʻtkazib, barcha yetti jangda gʻalaba qozongan.

2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-oʻrinni egallagan.

Havaskor boksdagi natijalari thumb|left|upright|Doʻsmatov Oʻzbekistonning esdalik markasida, 2017-yil

2009-yil – Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) – 1-oʻrin 2011-yil – Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin 2012-yil – Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A“ toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) – 1-oʻrin 2012-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin 2012-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin 2013-yil – Oʻzbekiston milliy kubogi – 1-oʻrin 2013-yil – Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) – 1-oʻrin 2013-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin 2013-yil – Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) – 1-oʻrin 2013-yil – Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) – 1-oʻrin 2014-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin 2014-yil – Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin 2015-yil – Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) – 1-oʻrin 2015-yil – Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) – 1-oʻrin 2016-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) – 1-oʻrin 2017-yil – Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1 oʻrin 2023-yil – Boks boʻyicha jahon chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin 2024-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Parij, Fransiya) – 1-oʻrin

Professional faoliyati 2019-yilning 16-noyabr kuni Doʻsmatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi. 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari Hasanboy Doʻsmatov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Puerto Riko vakili Xuan Manuel Lopesni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Qozogʻiston vakili Saken Bibossinov bilan toʻqnashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Yarim final bahslarida Kabo Verdelik Daniel Varela de Pinadan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda Fransiya vakili Billal Bennama ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Unvon va mukofotlari „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni. „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni; El-yurt hurmati ordeni. „Aʼlo xizmatlari uchun“ koʻkrak nishoni Podpolkovnik harbiy unvoni

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2018-yilgi Osiyo oʻyinlari medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari