„Oshskiye sobitiya“ (; ) (), toʻliq nomi „Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB“ (; ) () — Talant Razaqov Oʻsh voqeasi haqida yozgan kitob. 1993-yil Bishkek shahrida „Renessans“ nashriyotida chop etilgan. Asar Qirgʻizistonda ayrim tarix boʻyicha oliy oʻquv yurtlari dasturlari uchun tavsiya qilingan adabiyotlar safidan oʻrin olgan.

Asar matni ham qirgʻiz, ham rus tilida yozilgan. Muallif shaxsiy kuzatuvlari, guvohlar hikoyalari, mavjud faktlar hamda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumotlariga tayanib, 1990-yil asosan Oʻsh va Oʻzgan shaharlarida qirgʻizlar bilan oʻzbeklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarni tahlil qilgan. Kitob oxirida hodisa bilan bogʻliq hujjatlar ilova qilingan. Ulardan biri Jalolobod viloyati yashovchi oʻzbeklarning SSSR rahmbariyatiga murojaatidir.

Manbalar

Turkum:Mojarolar boʻyicha kitoblar Turkum:Rus tilidagi kitoblar