Inson kamoloti indeksi (ing. Human Development Index) – davlatlarning iqtisodiy va siyosiy oʼsish inson kapitalining (uzoq umr, taʼlim, farovon hayot koʼrsatkichlari orqali) rivojlanishiga taʼsirini hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qiladiNations, United (2017). What is human development UNDP..
Inson kamoloti indeksining maksimal qiymati – 1, minimal qiymati – 0 ga teng.
Inson kamoloti indeksi quyidagi 3 ta koʼrsatkich orqali hisoblanadi:
1. Umr koʼrish davomiyligi indeksi;
2. Taʼlim indeksi;
3. Aholi jon boshiga YaMD (xarid qobiliyati pariteti hisobida AQSh dollarida) indeksi.
Mazkur 3 ta mezonlar boʼyicha yakuniy indeks koʼrsatkichini aniqlash uchun dastavval har bir mezonning indeksi hisoblab chiqilishi kerak. Koʼrsatkichlarni 0 dan 1 (3 ta oʼnlik aniqlik bilan oʼlchanadigan maʼlumot) gacha boʼlgan miqdorini indekslarga aylantirish uchun mezonlarning eng kam va eng koʼp miqdorlarini oʼrnatish talab qilinadi. Yakuniy indeks koʼrsatkichini hisoblab chiqish uchun oʼrtacha geometrik miqdorlar usulidan foydalaniladi va shuning uchun eng koʼp miqdor har qanday ikki mamlakat yoki vaqt davrlari oʼrtasidagi taqqoslashga (foizlarda) taʼsir koʼrsatmaydi.
Tarixi Inson kamoloti indeksi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan yuritiladi hamda har yilning oxirida hisobot yilidan oldingi yilning yakunlari boʼyicha hisoblab chiqariladi. Indeks 1990 yilda pokistonlik Mahbub ul-Haq boshchiligidagi bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, uning konseptual asosi Amartya Sen tomonidan yaratilgan.
BMT Taraqqiyot Dasturining Inson kamoloti indeksi boʻyicha hisobot boʻlimi indeksni UNESCO, World Bank, UNICEF, ILO, WHO kabi xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlari asosida shakllantiradi hamda davlatlarning koʻrsatkichiga qarab ularni toʻrt guruhlarga ajratadi:
inson taraqqiyoti darajasi juda yuqori mamlakatlar: 0,800-1,000; inson taraqqiyoti darajasi yuqori davlatlar: 0,700-0,799; inson rivojlanishining oʻrtacha darajasi davlatlar: 0,550-0,699; inson taraqqiyoti darajasi past mamlakatlar: 0,550 dan pastRatings ranking.
2010 yilda inson kamoloti indeksini oʻlchaydigan koʻrsatkichlar turkumi kengaytirildi va indeksning oʻzi ham sezilarli oʻzgarishlarga duch keldi. Mamlakatning oʻrtacha statistik maʼlumotlariga asoslangan va ichki tengsizliklarni hisobga olmaydigan yigʻma koʻrsatkich boʻlgan joriy Inson kamoloti indeksiga qoʻshimcha ravishda uchta yangi indikator kiritildi: Ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni hisobga olgan holda moslashtirilgan Inson kamoloti tengsizlik indeksi, Gender tengsizligi indeksi va Koʻp oʻlchovli qashshoqlik indeksi.
Hisoblash metodologiyasi Inson kamoloti indeksi qiymati 0 dan 1 gacha boʼlgan diapozonda boʼlib, uchta asosiy koʼrsatkich (x) asosida hisoblanadiNew method of calculation of Human Development Index HDI India Study Channel..
Koʼrsatkichlarni 0<x<1 koʼrinishga keltirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
bu yerda va mos ravishda mamlakatdagi koʼrsatkichlarning minimal va maksimal qiymatlaridir.
Indekslar quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
1. Umr koʼrish davomiyligi indeksi (LEI) =
barcha yoshdagi aholining oʼlim koʼrsatkichlari koʼrib chiqilayotgan yil bilan bir xil boʼladi, deb taxmin qilish mumkin boʼlgan kelajakda oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi qiymati
2. Taʼlim indeksi (EI) =
Oʼrtacha taʼlim davomiyligi (MYSI) = Kutilayotgan taʼlim davomiyligi (EYSI) =
mamlakat aholisi uchun taʼlim olish imkoniyatlarini va ularni joriy etilganlik holati tahlilini amalga oshiradi
3. Daromad indeksi (II) =
aholi daromadlarining qiyosiy darajasini tahlil qiladi
Inson kamoloti indeksi yuqoridagi uchta koʼrsatkichning oʼrtacha arifmetik qiymatidir:
bu yerda:
LE (Life expectancy) – oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi (UNDESA maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);
MYS (Mean years of schooling) – oʼrtacha taʼlim davomiyligi (UNESCO maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);
EYS (Expected years of schooling) – kutilayotgan taʼlim davomiyligi (UNESCO maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);
GNIpc (Gross National Income per capita) – Yalpi milliy daromad (YaMD) ning aholi jon boshiga nisbati, xarid qobiliyati pariteti boʼyicha АQSh dollarida (World Bank, International Monetary Fund, United Nations Statistics Division maʼlumotlari asosida shakllantiriladi);
Indeks koʼrsatkichi yuqorida keltirilgan formulalar asosida hisoblab chiqilgandan soʼng, mamlakatlarning reyting koʼrsatkichlari tuziladi hamda reytingga koʼra mamlakatlarning inson rivojlanishining 4 darajasiga koʼra mamlakatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: +№TasnifDaraja1.Inson taraqqiyotining juda yuqori darajasi0,800-1,0002.Inson taraqqiyotining yuqori darajasi0,700-0,7993.Inson rivojlanishining oʼrtacha darajasi0,550-0,6994.Inson taraqqiyotining past darajasi0,550 dan past
Inson kamoloti indeksi hisoboti (2019 - yil ) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan 2020 yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti 2020-yil 15-dekabrda eʼlon qilingan boʻlib, u 2019-yilda toʻplangan maʼlumotlar asosida inson taraqqiyoti indeksi qiymatlarini hisoblab chiqadiHuman Development Report 2020.pdf. Jadvalda inson kamoloti yuqori boʻlgan mamlakatlar va hududlar koʻrsatilgan: —oʻsish; – barqaror; – pasayish;
Reyting Mamlakat yoki hudud IKI 2019 maʼlumotlar (2020 hisobot) 5 yil ichida oʻzgarish (2014) 2019 maʼlumotlar (2020 hisobot) IKIning oʻrtacha yillik oʻsishi (2010-2019) 0.957 0.955 Shveysariya 0.955 0.949 0.949 0.947 0.945 0.944 0.944 0.940 0.938 0.938 Buyuk Britaniya 0.932 0.931 Yangi Zelandiya 0.931 0.929 Amerika Qo'shma Shtatlari 0.926 0.922 0.919 0.919 0.919 0.917 0.916 0.916 0.904 0.901 0.900 0.895 0.892 0.892 0.890 0.888
Reyting Mamlakat yoki hudud IKI 2019 data (2020 report) Change over 5 years (2014) 2019 data (2020 report) Average annual HDI growth (2010-2019) 0.887 0.882 0.880 0.868 0.866 0.864 0.860 0.854 0.854 0.852 0.851 0.851 0.848 0.845 0.838 0.829 0.828 0.826 Qozog'iston 0.825 0.824 Belarusiya 0.823 0.820 0.817 0.816 0.815 Bagama orollari 0.814 0.814 0.813 0.812 Kosta-Rika 0.810 0.810 0.806 0.806 0.804
Inson kamoloti indeksida yetakchi davlatlar Quyida Inson kamoloti indeksining yillar kesimida eng yuqori oʻrinni egallagan mamlakatlari koʻrsatilgan. Hisobotlarga koʻra, Norvegiya oʻn olti marta, Kanada sakkiz marta, Yaponiya va Islandiya ikki marta eng yuqori oʻrinlarni egallagan. Yil indeks boʻyicha statistik maʼlumotlar olingan vaqt davrini ifodalaydi. Qavslar ichida hisobot chop etilgan yil koʻrsatilgan.
Oʼzbekiston reyting doirasida Oʼzbekiston reytingda mustaqillik yillaridan boshlab ishtirok etib kelmoqda. „Inson kamoloti – 2020“ hisoboti natijalariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi yuqori inson kamoloti darajasiga ega davlatlar qatoridan joy oldi hamda indeksda 0,720 koʼrsatkichi bilan 106-oʼrinni egallab, avvalgi qayd etgan natijasiga nisbatan 2 pogʼona yuqoriga koʼtarilgan. +YillarOʼrinTugʼilishdagi umr koʼrish davomiyligiKutilayotgan taʼlim yillariOʼrtacha taʼlim yillariAholi jon boshiga YaMD (AQSh dollarida)Inson kamoloti indeksi201111568,311,410,02 9670,6412012 rasmiy hisobot eʼlon qilinmagan201311468,611,610,03 2010,654201411668,211,510,05 2270,661201511468,411,510,95 5670,675201610569,412,212,05 7480,7012017rasmiy hisobot eʼlon qilinmagan201810571,412,011,56 4700,710201910871,612,011,56 4620,710202010671,712,111,87 1420,720
Oʼzbekiston Respublikasining Inson kamoloti indeksidagi 2010—2019-yillar davomida erishgan natijalariga nazar tashlasak, tugʼilishdagi umr koʼrish davomiyligi 68,3 yoshdan 71,7 yoshga, kutilayotgan taʼlim yillari 11,4 yildan 12,1 yilga, oʼrtacha taʼlim yillari 10,0 yildan 11,8 yilga, YaMDning aholi jon boshiga ulushi 2 967 AQSh dollaridan 7 142 AQSh dollariga hamda Inson kamoloti indeksi koʼrsatkichi 0,641 dan 0,720 ga koʼtarilganligini koʼrish mumkin.
Manbalar