„Ingliz tili grammatikasi“, toʻliq nomi „Ingliz tili grammatikasi: Spravochnik“ — Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha spravochnik. 1978-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Asar pedagogik institutlarning 2–3-bosqich talabalari uchun moʻljallangan. Oʻzbekiston SSRda oliy oʻquv yurtlarida keng ishlatilgan ingliz tili boʻyicha qoʻllanmalarning biri.
Spravochnikda ingliz tilining grammatik sistemasi qisqacha tushuntirish matnlari va muayyan grammatik jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Asar asosan soʻz turkumlari va ularning gapda ishlatilishiga bagʻishlangan. Mustaqil Oʻzbekistonda yozilgan koʻplab ilmiy maqola va dissertatsiyalarda „Ingliz tili grammatikasi“ spravochnigiga tayanilgan.
Manbalar
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar