Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.

Abdulla Nigʻmatovich Aripov (Абдулла Ниғматович Арипов, 1961-yil 24-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik muhandis va iqtisodchi, davlat va siyosat arbobi, 2016-yildan mamlakat bosh vaziriA. Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.

Tarjimai holi 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis telekommunikatsiya. 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini) tamomlagan.

Karyera 1983-yildan 1992-yilgacha Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis lavozimida faoliyat olib borgan. 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. 1993—1995-yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari, 1995-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari, 1995-1996-yillarda „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Abdulla Aripov 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi, 1997—yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari, 1997—2000-yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori vazifalarida ishlagan. A. Aripov 2002-yildan boshlab hukumat tarkibiga kiradi. 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari – Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, 2005-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2012-yil avgust oyida „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan. 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

2016-yil 13-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan. 2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandihttps://daryo.uz/2021/11/18/ozbekistonning-barcha-aloqa-vazirlari-bitta-suratda/ 2020-yil yanvar oyida Bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi.

2024-yil 4-oktyabrda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi. Mazkur lavozimda 2022-yilning may oyidan buyon ishlab kelayotgan Alisher Saʼdullayev federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari boʻldi.

Ilmiy darajasi 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda „Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari“ mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildihttps://web.archive.org/web/20061006032501/http://www.tuit.uz/Faculity/default.aspx. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2006-yil 28-avgust). Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil) Doʻstlik ordeni (2011-yil). 2-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2021-yil 4-may) 2-darajali Ismoili Somoniy ordeni (Tojikiston, 2018). Oilasi Oilali, besh nafar qizi bor. Qudasi – Alisher Xoʻjayev, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining sobiq raisi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston muhandislari Turkum:Oʻzbekiston musulmonlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosarlari