Antonio Guterres (; 30-aprel, 1949-yil, Lissabon) — Birlashgan millatlar tashkilotining bosh kotibi (2017-yildan). Portugaliya Sotsialistik partiyasi bosh kotibi (1992—2002), Bosh vazir (1995—2002), BMTning qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari (2005—2015).
Tarjimai holi 1973-yilda Oliy texnika institutini tugatgan. 1974-yildan sotsialistik partiya aʼzosi. 1992—2002 yillarda bosh kotib. 1995-2002 yillarda Portugaliya Bosh vaziri. 2005-2015 yillarda BMTning qochoqlar boʻyicha oliy komissari. 2016-yil 5-oktyabrda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tashkilot bosh kotibi etib saylandi. 2017-yil 1-yanvardan bosh kotib lavozimiga kirishdi. 2017-yilning 8-9 iyun kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammitida ishtirok etdi. 10-iyun kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Samarqand shahrida marhum prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qoraqalpogʻistonda boʻlib, Orol dengizidagi ahvol bilan tanishdi. Shu kuni Qirgʻizistonga joʻnab ketdi.
Manbalar
Turkum:BMT Bosh kotiblari Turkum:Portugaliya Bosh vazirlari Turkum:Yashayotgan insonlar