„The Adventures of Sherlock Holmes“ () — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi 12 hikoyani oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1892-yilning 14-oktabrida chop etilgan. Unga kiritilgan individual hikoyalar 1891-yilning iyunidan 1892-yilning iyuligacha „The Strand Magazine“ jurnalida nashr qilingan.
Toʻplamga kiritilgan hikoyalar xronologik ketma-ketlikda berilmagan. Barcha hikoyada uchraydigan obrazlar Holmes hamda doktor Watson () obrazlaridir. Hikoyalar birinchi shaxsda Watson nuqtai nazaridan soʻzlab beriladi.
Umuman olganda, „The Adventures of Sherlock Holmes“ga kiritilgan hikoyalarda Holmes ijtimoiy nohaqliklarni aniqlashga va ularni tuzatishga urinadi. Holmes adolatga yangicha, odilroq nazar bilan qaraydi. Hikoyalar kitobxonlar va tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan hamda „The Strand Magazine“ obunachilari sonini oshirgan. Natijada Doyle keyingi hikoyalari uchun nashriyotdan koʻproq haq talab qila olgan. Toʻplamning birinchi hikoyasi boʻlmish „Izquvarning inqirozi“da () Irene Adler () obrazi ilk bor gavdalanadi. Bu obraz Doylening bitta hikoyasida tilga olingan boʻlsa-da, Holmes haqidagi zamonaviy ekranizatsiyalarda muhim rol oʻynaydi. Adler odatda Holmesning ishqiy qiziqishi oʻlaroq tasviralanadi. Doyle mazkur toʻlamga kiritilgan 4 hikoyani oʻzining Holmes haqidagi eng sevimli 12 hikoyasi qatoriga qoʻshgan. Muallif „Chipor lenta“ () hikoyasini eng sevimli asari oʻlaroq koʻrsatgan.
Hikoyalar + „The Adventures of Sherlock Holmes“ toʻplamiga kiritilgan hikoyalar Hikoya Original nomi Originali ilk bor nashr qilingan sana1 „Izquvarning inqirozi“ "A Scandal in Bohemia" 1891-yil iyul2 „Mallalar uyushmasi“ "The Adventure of the Red-Headed League" 1891-yil avgust3 „Shaxsiyatni aniqlash“ "A Case of Identity" 1891-yil sentabr4 „Boskom vodiysining siri“ "The Boscombe Valley Mystery" 1891-yil oktabr5 „Besh dona apelsin urugʻi“ "The Five Orange Pips" 1891-yil noyabr6 „Labi tirtiq odam“ "The Man with the Twisted Lip" 1891-yil dekabr7 „Moviy karbunkul“ "The Adventure of the Blue Carbuncle" 1892-yil yanvar8 „Chipor lenta“ "The Adventure of the Speckled Band" 1892-yil fevral9 „Muhandis barmogʻi“ "The Adventure of the Engineer's Thumb" 1892-yil mart10 „Asilzoda boʻydoq“ "The Adventure of the Noble Bachelor" 1892-yil aprel11 „Berill toj“ "The Adventure of the Beryl Coronet" 1892-yil may12 „Mis qora qayinlar“ "The Adventure of the Copper Beeches" 1892-yil iyun
Havolalar
„The Adventures of Sherlock Holmes“ Gutenberg loyihasida
Turkum:Hikoya kitoblar