„Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar“ – Abu Rayhon Beruniy oʻylari, hikmatlari, naqllari va sheʼrlari toʻplami. Toʻplamni Abdusodiq Irisov tuzib, nashrga tayyorlagan. Asar 1973-yil – Beruniy tavalludiga 1 000 yil toʻlganda eʼlon qilingan. Toʻplam Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. „Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar“ Beruniyning Oʻzbekistonda chop etilgan oz sonli asarlaridan biri boʻlib, ayrim oliy taʼlim muassasalarining tavsiya qilingan adabiyotlari roʻyxatlaridan oʻrin olgan.
Toʻplam uchun Irisov keng koʻlamli kirish soʻz yozgan. Kitob „Oʻylar, hikmatlar“ hamda „Naqllar, sheʼrlar“ boʻlimlaridan iborat. Asarga kiritilgan iqtiboslar Beruniyning oldin chop etilgan bir necha asaridan, jumladan, „Tanlangan asarlar“, „Hindiston“ (1965), „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ (1968) asarlaridan olingan. „Mineralogiya“ asaridan olingan iqtiboslarni esa Irisovning oʻzi arab tilidan oʻgirgan.
Manbalar
Havolalar „Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar“ Ziyouz saytida
Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Aforizm kitoblar