thumb|masjid Umar masjidi () Falastindagi eng qadimiy masjid. Baytullahm shahrida joylashgan. Islom dunyosidagi eng buyuk shaxslardan biri Umar ibn Xattob (581–644) sharafiga 1860-yilda barpo etilganMosque of Omar GeoCities: Bethlehem HomepageMosque of Omar (Bethlehem) Atlas Travels and Tourism Agency.

Tarixi Masjidning ismi ikkinchi Roshidun Xalifa Umar ibn al-Xattob (581-644) nomidan olingan. Quddusni magʻlub qilgan Umar 637-yilda Baytullahmga borib, masihiylar va ruhoniylarning muqaddas joyini ziyorat qilish va xavfsizligini kafolatlaydigan qonun chiqargan.

X asrning boshlarida Aleksandriyalik Yevtixiy (877-940) masjid haqida aytib oʻtgan.

Hozirgi masjid 1860-yilda Quddusdagi Yunon pravoslav cherkovining ushbu maqsadiga berilgan yer ustida qurilgan. Bu shaharni Iordaniya nazoratida boʻlganida 1955-yilda yangilandi. Oʻtmishda, yorugʻlik lampalari paydo boʻlishidan oldin, Baytullahmdagi Musulmonlar va xristianlar uchun masjid atrofini yoritish uchun zaytun yog'i ishlatilgan.

2007-yil fevral oyida Isroilning Shin Bet xavfsizlik agentligi Umar masjidida „Hamas bilan aloqador“ligi aytilgan 20 kishini hibsga oldi.

Manbalar

Turkum:Falastin Davlati Turkum:Isroildagi masjidlar