alt=|right|thumb|upright=2.1|Dunyo mamlakatlaridagi demokratiya koʻrsatkichlari (2020)
Toʻliq demokratiya
Nomukammal demokratiya
Gibrid rejim
Avtoritar rejim
Maʼlumot mavjud emas
The Economist guruhi tomonidan tuzilgan demokratiya indeksi – dunyodagi demokratiyaning sifatini oʻlchash indeksi. Ushbu miqdor va qiyosiy baholash asosiy ahamiyati demokratik huquqlar va demokratik institutlarga qaratilgan. Ushbu demokratiya indeksida demokratiyani baholash metodologiyasi „Economist Intelligence Unit“ning (Economists Group) qismi boʻlgan, Britaniyada joylashgan xususiy kompaniya, „The Economist“ haftalik gazetasini nashr etadi. Indeks beshta turkumga toʻplangan 60 ta koʻrsatkichga asoslangan va ular ommaviy fikrlar, fuqarolik erkinliklari va siyosiy madaniyatni oʻlchab oladi. Hisob maʼlumotlari va reytingdan tashqari, indeks har bir mamlakatni toʻrtta rejim turiga ajratadi: mukammal demokratiya, nomukammal demokratiya, aralash rejimlar va avtoritar rejimlar. Demokratiya indeksi toʻgʻrisidagi birinchi hisobot 2006-yilda nashr etilgan. Hisobotlar 2010-yilgacha har ikki yilda bir marta va undan keyin har yili nashr etilardi. Indeksda 167 mamlakat va hududlar mavjud, ulardan 166 tasi mustaqil davlatlar, 164 tasi BMTga aʼzo davlatlar. Demokratiya holatiga oʻxshash baholar bilan boshqa demokratiya indekslari – V-Demokratiya indeksi va Bertelsmann Transformation Indexni oʻz ichiga oladiThe Economist Intelligence Unitʼs index of democracy.
Hisobotda tasvirlanganidek, Demokratiya indeksi 60 ta savolga asoslangan oʻlchov bilan hosil qilinadi. Har biri ikki yoki uchta ruxsat etilgan javobga ega. Aksariyat javoblar mutaxassislarning baholashi bilan bogʻliq. Baʼzi javoblar tegishli mamlakatlarda oʻtkazilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali taqdim etiladi. Soʻrov natijalari mavjud boʻlmagan mamlakatlar uchun, ekspertlarning baholaridan foydalanadilar.
Savollar besh toifaga boʻlinadi: saylov jarayoni va plyuralzmi, fuqarolik erkinliklari, hukumatning faoliyati, siyosiy ishtirok etish,siyosiy madaniyat.
Har bir javob 0 yoki 1, uchta javobli savollar uchun 0, 0,5 yoki 1 ballga aylanadi. Quyidagi istisnolardan tashqari, har bir turkum ichida natijalar qoʻshib, oʻn marta koʻpaytirilgan va kategoriya boʻyicha savollarning umumiy soni bilan boʻlinadi. Bir nechta oʻzgaruvchan bogʻliqliklar mavjud, ular asosiy qoida tartiblaridan ancha aniqroq tushuntiriladi. Baʼzi hollarda, bitta savolga nol javob berish boshqa savolni bekor qiladi: masalan, agar milliy qonun chiqaruvchi va hukumat rahbarining saylovlari erkin deb hisoblanmasa (soʻrov 1), unda keyingi savol: „Saylovlar adolatli boʻlmagan“, deb hisoblanadi. Lekin avtomatik ravishda nol natija beradi. Shu singari, bir nechta savollar shunchalik muhim deb hisoblanadiki, ular boʻyicha natijalar ularning tegishli turkumlari uchun umumiy natijalar summasiga salbiy taʼsirini beradi: „Milliy saylovlar erkin va adolatli boʻladimi“, „saylovchilar xavfsizligi“, „Xorijiy kuchlarning hukumatga taʼsiri“, „Xuddiy xizmatchilarning siyosatni amalga oshirish qobiliyati qanday“ va hokazo.
Oʻsha hisobotda koʻrsatilgan beshta turkum indekslari keyinchalik maʼlum bir mamlakat uchun umumiy balni topish uchun oʻrtacha hisoblanadi. Ikki oʻnlik raqamga aylangan natija mamlakatni rejim turi bilan tasniflashni aniqlaydi.
Hisobotda Freedom House tomonidan tanlangan demokratiyaning boshqa koʻrsatkichlari muhokama qilinadi va „Economist Intelligence Unit“ guruhining baʼzi tanlovlari uchun bahslashadi. Ushbu taqqoslashda, soʻrovlar orqali oʻlchanadigan jamoatchilik fikri va munosabatlariga katta eʼtibor qaratiladi. Boshqa tomondan, iqtisodiy turmush standartlari demokratiyaning bir mezoni sifatida koʻrilmaydi.
Hisobot xalqaro matbuotda va ilmiy jurnallarda keng tarqaladi.
Tavsifi
Mukammal demokratiyalar – fuqarolik erkinliklari va asosiy siyosiy erkinliklar nafaqat hurmat qilinadigan, balki demokratik tamoyillarning rivojlanishiga imkon beradigan siyosiy madaniyat bilan mustahkamlanadigan davlatlar. Ushbu davlatlar hukumat nazorati va muvozanatlarining haqiqiy tizimiga ega, mustaqil sud hokimiyati, qarorlari qoʻllaniladigan, hukumatlar toʻgʻri ishlaydigan va mustaqil ommaviy axborot vositalari mavjud tizimlardir. Ushbu mamlakatlarda demokratik faoliyat koʻrsatishda cheklangan muammolar bor. Nomukammal demokratiyalar – saylovlar adolatli va erkin boʻlgan va asosiy fuqarolik erkinliklari hurmat qilinadigan, ammo muammolarga ega boʻlishi mumkin boʻlgan davlatlar (masalan, ommaviy axborot vositalari erkinligini buzish va siyosiy muxolifat va tanqidchilarni kamroq kamaytirish). Ushbu mamlakatlarda boshqa demokratik jihatlarda, shu jumladan, kam rivojlangan siyosiy madaniyat, siyosatda ishtirok etishning past darajasi va boshqaruv faoliyatida muammolar mavjud boʻlishi mumkin. Aralash (chatishgan) tartiblar – saylovda muntazam ravishda aldashlarga duchor boʻlgan davlatlardir, bu ularni adolatli va erkin demokratiya boʻlishga toʻsqinlik qiladi. Ushbu mamlakatlarda odatda siyosiy muxolifat, mustaqil boʻlmagan sudlar, keng tarqalgan korrupsiya, ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan taʼqib va bosim, qonuniy hokimiyatning anemiyasi va kam rivojlangan siyosiy madaniyat, siyosatda ishtirok etishning past darajasi va boshqaruv faoliyatida muammolar sohasida nomukammal demokratiyalardan koʻra koʻproq kamchiliklarga ega boʻlgan hukumatlar mavjud. Mutloq boshqaruvlar – siyosiy plyuralizm mavjud boʻlmagan yoki jiddiy cheklangan mamlakatlardir. Ushbu davlatlar koʻpincha mutlaq monarxiya yoki diktaturalar, anʼanaviy demokratik institutlariga ega boʻlgan, ammo ishlamaydigan, fuqarolik erkinliklarining buzilishi va suiisteʼmollari odatiy hol boʻlgan, saylovlar (agar ular oʻtkaziladigan boʻlsa) soxta, ommaviy axborot vositalari davlatga tegishli yoki hukmron rejim bilan bogʻliq guruhlar tomonidan nazorat qilinadigan, sud hokimiyati mustaqil emas, senzura va hukumat tanqidlarini taqiqlashi odatiy holatdir.
Qitʼalar boʻyicha HududDavlatlar2023202220212020201920182017201620152014201320122011201020082006Gʻarbiy Yevropa21Shimoliy Amerika2Lotin Amerikasi va Karib davlatlari245.685.795.836.096.136.246.266.336.376.366.386.366.356.376.436.37Markaziy va Sharqiy Yevropa285.375.395.365.365.425.425.405.435.555.585.535.515.505.555.675.76Osiyo va Avstraliya285.215.465.625.675.675.675.635.745.745.705.615.565.515.535.585.44Janubiy Afrika444.044.144.124.164.264.364.354.374.384.344.364.334.324.234.284.24Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika20Dunyo1675.235.295.285.375.445.485.485.525.555.555.535.525.495.465.555.52
2018-yilgi reyting